Биология ва генетика


Darsga kerakli o‘quv qurollari va vositalar



Download 7,43 Mb.
bet3/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

Darsga kerakli o‘quv qurollari va vositalar: Kungaboqarning savatchasi, pistasi, urug‘i va moyidan namunalar. Rangli plakatlar, jadvallar, proektor, slaydlar, kadoskop, kompyuter.
Ko‘pgina davlatlarda oziq-ovqat uchun o‘simlik moyiga bo‘lgan talab tobora ortmoqda. Chunki chorva mollarining moyiga qaraganda, o‘simlik moyi inson salomatligi uchun qator afzalliklarga ega. O‘zbekistonda aholi iste’moli uchun o‘simlik moyi ishlab-chiqarish maqsadida kungaboqar, maxsar, soya, moyli zig‘ir, kunjut kabi urug‘ida moy saqlovchi o‘simliklar ekiladi. Bu ekinlardan kungaboqar yer yuzida ekiladigan maydoni va oziq-ovqat sanoatida qo‘llanishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi va uning urug‘ida saqlanadigan (56 % gacha) moyi ekologik toza hisoblanadi. Bu moyni to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’mol qilish mumkin. Kungaboqardek foydali dala ekinini topish qiyin. Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer (ang‘iz)da takroriy ekin sifatida kungaboqar 1 gektar maydondan 2,5 tonna urug‘ hosil yoki undan 1200 kg. iste’mol uchun ishlatiladigan ekologik toza moy, 800 kg. shrot (300 kg. oqsil), 500 kg. kungaboqar pistasi po‘chog‘i (undan 70 kg. achitqi moddasi) 1500 kg. savatcha, gullash fazasida asalarilar yordamida 30 kg. asal va boshqa ko‘p foydali moddalar olinadi. O‘rganilgan ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, kungaboqar yetishtirilganda quyidagicha iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
Kungaboqarning 25-35 foizi sug‘oriladigan sharoitda ertagi ekin sifatida o‘stirilganda gektaridan 35-37 sentnergacha, boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer (ang‘iz) da takroriy ekilganda 25-28 sentner, jami bir yilda 60-65 sentner urug‘ hosil yoki bir gektardan 2,4-2,8 tonna moy olish mumkinligi aniqlangan (2004 yil D.T.Abdukarimov, M.K.Lukov). Kungaboqar yetishtiriladigan ba’zi ilg‘or xo‘jaliklarda 100 kg. urug‘ hosili olish uchun 0,6-0,8 soat ish kuchi sarflanadi. Ko‘pgina xo‘jaliklarda ekin ekiladigan maydonning kungaboqar 7-9 % ni tashkil etadi
Tadqiq qilingan (2001-2011 yillar) ma’lumotlarimizning ko‘rsatishicha respublikamizning sug‘oriladigan sharoitida har yili 1,1-1,2 mln. gektar boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer (ang‘iz)da kungaboqarning tezpishar, serhosil navlarining yozda atigi 6-8 kg. urug‘ini ekib qisqa muddat ichida, ya’ni 70-85 kun davomida gektaridan 2,5-2,8 tonna mahsulot yetishtirish va shuningdek asosiy ertachi ekindan bo‘shagan yerdan takroriy ekin sifatida gektaridan 1 mln. so‘mgacha sof daromad olish mumkinligi aniqlangan.
Respublikada kungaboqarni yetishtirish uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud.
-kungaboqarni ertagi muddat (asosiy ekin sifati)da va yozda takroriy ekin sifatida ham ekish mumkin;
-qurg‘okchilikka chidamli bo‘lganligi tufayli, lalmikor va suv tanqis sharoitda shartli sug‘oriladigan joylarda urug‘ va moy olish maqsadlarida yetishtiriladi;
-kungaboqar sho‘rlanishga chidamli ekin. Uni tuproqdagi qattiq qoldiq (umumiy zararli tuzlar) miqdori 0,3-0,4 % gacha sho‘rlangan sharoitda ham o‘stirib gektaridan 25-27 sentner hosil yetishtirish mumkin;
-bu ekinning o‘suv qismlari -6 gradus daraja sovuqdan zararlanmaganligi sababli, kuzning noyabr oyida ham bemalol o‘suv davri davom etadi;
-eng asosiysi takroriy (ang‘iz) ekin sifatida ekiladigan ekindir. Kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan sug‘oriladigan yerda kungaboqarning tezpishar navlarini yetishitirish tavsiya etiladi.
Kungaboqarning moyi bevosita iste’molda ishlatishdan tashqari undan har xil turdagi konservalar, margarinlar, qandolatchilikda turli pishiriqlar, hamda non mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Iste’mol uchun yaroqsiz qismidan har xil sovunlar, oliflar, linoleum, plyonkalar, video tasmalar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Kungaboqar moyi yuqori kaloriyali mahsulot hisoblanib, uning bir massa birlikdagi kaloriyaligi, 2-3 birlik qand, 4 birlik non va kartoshkaning 8 birlik massali kaloriyaliligiga teng.

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish