Bakteriyalarni tashqi tuzilishi soddaligi uchun ularni amalda sof
morfologik klassifikatsiyaga achratiish mumkin emas . Shu sababli morfologik
belgilar bilan bir qatorda boshqa belgilardan ham foydalanishga to’g’ri
keladi. Bular orasida kulturada namoyon bo’lgan va fiziologik belgilar muhim
shakllarida bundan tashqari, tayoqcha uchining shakli ) harakatlanishiga
28
layoqatliligi va xivchinlanish turi hamda spora hosil qilish qobilyatidan
foydalaniladi . Shuningdek hujayra protoplazmasining tuzulishi xususiyatlari
bilan bog’liq holda bakteriyaarni gramm usulida bo’yash metodidan ham
foydalaniladi.
Kulturada namoyon bo’ladigan belgilardan :
1.Go’sht-pepton bulonida o’sish xarakteridan (parda , loyqa , cho’kma hosil
bo’lishi)
2.Go’sht-peptonli agarda o’sish xarakteridan. Petri kosachasidagi
koloniyalarning tipi , koloniya chetlarining xarakteri va uning tuzilishi ,
koloniyaning rangi , shuningdek ko’p agarda o’sish xarakteridan
3.Go’sht-peptonli jelatinada o’sish xarakteridan : petri kosachasidagi
koloniyalarning tipi va nina uchida olib o’tkazilganda jelatinani suyultirish
qobilyatidan
foydalaniladi.
Fiziologik belgilardan: 1.Bakteriyalarning a) uglerodning b) azotning turi xil
manbalariga munosabatidan ( xususan oqsil, pepton, aminokislotalar, ammoniyli
tuzlar va azotli tuzlardan hamda atmosferadagi molekula holidagi azotda )
kislotalar , spirtlar,uglevodrodlar, gazlar va boshqalardan )foydalaniladi.
Bundan tashqari denitrifikatsiyalash aktivligi ( nitrat va nitritlar bor oziq
muhitida molekulyar azotni ajratish va molekulyar kislorodga munosabati
ham) aniqlanadi. Agar qattiq oziq muhitiga nina uchida olib o’tkazilgan
bakteriyalar faqat yuza qavatida o’ssa , demak o’rganilayotgan bakteriyalar
aerob , agar ular emlangan joy bo’ylab o’ssa fakultativ anaerob , agar oziq
muhitining eng tagida o’ssa obligat anaerob hisoblanadi . |Mikroorganizmlar
dunyosi keng va xilma-xil bo’lganligi sababli ularni tekshirish usullari doimo
mukammal emas. Ularni klassifikatsiyalashda anchagina qiyinchiliklarga duch
kelinadi . Ammo shunga qaramasdan , dunyo miktoorganizmlarining bir-biriga
o’xshash belgilari hisobga olinib guruhlarga ajratilib klassifikatsiya qilinadi .
Hozirgi sharoitda mikroorganizmlarni klassifikatsiya qilishda belgilarning
yig’indisi hisobga olinadi. Bularga fenotipik ( morfologik, kulturali , fiziologik
hamda boshqa xossalar ) va genotipik ( DNK ning fizikaviy va kimyoviy
29
xossalari ) belgilari kiradi . Mikroorganizmlarni belgilashda binar (qo’shaloq )
nomenklatura qo’llaniladi va o’zicha nasl (avlod) va turni oladi . Masalan :
kuydirgi kasalligini qo’zg’atuvchi mikroorganizmning nomi Batsillis , antratsis ,
ichak tayoqchasining nomi esa esherixa va hokazo . Eng oddiy taksonomik
birligi bu tur , turlar birlashib naslni , nasllar birlashib oilani hosil qiladi .
Oilalar qatorlarga birlashadi va qatorlar sinflarni tashkil qiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: