Botanika fanini o`qitishda mustaqil ta`limning ahamiyati.
Botanika fanidan DTS da ko`zda tutilgan mazmun va mohiyatini o`zlashtirishda ma`ruza, seminar, laboratoriya darslarini mukammal borishida mustaqil ta`limni tashkil etishning ahamiyati katta. Mustaqil ta`lim talabalarning bilimlarini boyitib borishning va malakalarini oshirib borishning eng ommaviy qo`llash shaklidir. Shu xususiyatiga ko`ra mustaqil bilim olish qo`yidagi afzalliklarga ega:
U aqlning muntazam o`sishini ta`minlaydi.
Ilm va fan taraqqiyotini doimiy kuzatib borishga va xabardor bo`lishga o`rgatadi
Ijodiy izlanishga yordam beradi
Bilimni mustaqil oshirib borish o`simlik olami haqida yangi bilimlarning yil sayin ko`payib borishi va bilimlarni o`rganish manbalarining kengayib borayotgan bir davrda talabaning mustaqil bilim olishi ayniqsa muhimdir. Shuning uchun fan-texnikaning eng yangi yutuqlarini kuzatib borish, kompyuter tizimidan foydalanishga o`rganish, ko`p o`qish izlanish va bilimlarni mustaqil egallash zarur.
Mustaqil o`qish, o`rganish, ma`lum amaliy ishlarni bajarish natijasida talaba har bir masalaga mustaqil qaray oladigan, mulohaza yuritadigan fikrini mustaqil, erkin bayon qila oladigan bo`ladi, bemalol o`z fikrini himoya qila oladi.
Botanika ilmiy va amaliy fan bo`lganligi sababli mustaqil ta`limni turli shakllarida og`zaki, yozma va amaliy shakllaridan foydalanish mumkin. Masalan, konspekt yozish, kollokvium, savol-javob, biror mavzuni o`rganib mustaqil fikrini bayon qilish, tushuntirish, preparatlar yasash, ko`rgazmali qurollar tayyorlash, jadvallar bilan ishlash, ho`l-quruq preparatlar va kolleksiyalar tayyorlash, mustaqil ishning amaliy shaklidir.
Bu albatta bo`lg`usi o`qituvchining har tomonlama bilimga ko`nikmaga ega bo`lishiga sabab bo`ladi. Mustaqil ta`limning tashkil etish manbalari hozirgi kunda kengayganligi barchamizga ma`lum. Buning eng ommaviy, qadimiy va qulay usuli kitoblardan mutoala qilishdir
Mustaqil bilim olishning yana bir manbaasi matbuot materiallaridir. Bunda talaba fan va ta`lim yangiliklari, qiziqarli ma`lumotlar bilan tanishib boradi, natijada zamon nafasini, uning riojlanib borayotganligini payqab his qilib turishni o`rganadi. Hozirgi kunda adabiyotlarni topish qiyin bo`lgan bir vaqtda elektron darsliklardan, internet tarmog`idan foydalanish talabalarning mustaqil bilim olishida muhim manba hisoblanadi. U istagan vaqtida botanikaning istagan bo`limi, mavzusi yoki biror ob`ekt to`g`risidagi turli ma`lumotlarni kompyuterning internet tarmog`i orqali topishi, shu vaqtning o`zida o`rganishi mumkin. Bundan tashqari mustaqil bilim olishda tabiatni kuzatish, ekskursiyalar uyushtirish, tabiat muzeylariga, laboratoriya sharoitida biror ob`ektni amaliy o`rganish ham ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda radio va televideniya orqali o`simlik olami to`g`risidagi turli qiziqarli ko`rsatuv va eshittirishlar ham yordam beradi.
Mustaqil ta`limning tashkil etilishi va uni bajarilishi hozirgi kunda talabalar har tomonlama bilimli, mustaqil fikrlay oladigan, fikrini bayon qilib, mustaqil ish yurita oladigan yuksak ma`naviyatli, tafakkuri keng barkamol insonni voyaga yetkazishda muhim axamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |