Biologiya o`qitish metodikasi” kafedrasi botanika (o`simliklar sistematikasi) fanidan


Chin paporotniklar tartibi – Filicales



Download 26,64 Mb.
bet84/147
Sana11.06.2022
Hajmi26,64 Mb.
#655718
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   147
Bog'liq
2019-2020 SIRTQI Majmua 2 kurs Botanika

Chin paporotniklar tartibi – Filicales 10 dan ortiq oilani o`z ichiga oladi. Ulardan polipodiumdoshlar oilasiga - Polypodiaceae kiruvchi erkak paporotnik bilan tanishamiz.
Erkak paporotnik (o`rmon qirqqulog`i) – Dryopteris – filix – mas ko`p yillik o`tsimon bo`lib, asosan mayin tuprokli nam yerlarda, qoya va daraxtlar soyasida o`sadi. Bu o`simlik murakkab tuzilgan serbar barg dastalarini hosil qiladi Bular ildizpoyaning uchidan o`sib chiqadi. Ildizpoya yer yuzasiga yaqin joylashgan va u qora – qo`ng`ir rangda bo`ladi. Bu o`simlikning barglari har yili kuzga kelib tushib ketadi va barg bandlarining yer ostki qismigina saklanib qoladi. Tuprokdan o`sib chiqqan yosh barglar uchi dastlab gajakka o`xshab o`ralib turadi va jigarrang tangachasimon po`stlar bilan qalin qoplangan. Bular juda sekin rivojlanib uchinchi yili tuproq yuzasiga chiqadi. Keyinchalik voyaga yetgan barglarga aylanadi. Barglar murakkab qo`shpatsimon tuzilishga ega, bo`yi 1 metrgacha yetib boradi. Barg bandlari ildizpoyaga to`g`ridan –to`g`ri tutashgan. Ildizpoyadan bir talay qo`shimcha ingichka ipsimon ildizchalar ham hosil bo`ladi. Yoz faslini o`rtalariga kelib, erkak paporotnik barglarining ostki yuzasida jinssiz (sporofit) yo`l bilan ko`payish organi sporangiylar hosil bo`ladi. Sporangiylar to`p-to`p bo`lib joy olib, ularga "soruslar" deb ataladi. Har bir sorus ustki tomondan yupqa parda (indizium) bilan o`ralgan. Sorusni tuzilishini o`rganish uchun, uni ko`ndalang kesib qaralsa, bargning ostki tomonida qalin burtma (plasenta) borligi ko`rinadi. Plasentadan indizium oyoqchasi hosil bo`ladi. Bundan tashqari sporangiylar ham ingichka bandlar orqali plasentaga birikkan. Sporangiyda yetilgan sporalar xalqa yordamida tashqariga tarqalishga moslashgan. Xalqa tuzilishi jihatdan tutash bo`lmasdan sporangiy aylanasini 2/3 qismini o`rab turadi. Xalqa uchlarini bir-biriga ulab turuvchi yupqa devor bo`lib, uning yorilishi bilan xalqani bir uchi birdan teskari tomonga buriladi. Shu harakat tufayli sporangiydagi sporalar tashqariga sochiladi. Qulay sharoitga tushgan sporalardan yangi jinsiy (gametofit) nasl o`sib chiqadi. Gametofit yurakka o`xshash kichkina yashil yaproqchadan iborat bo`lib, uning eni 1 smga yetadi. Gametofit yaproqchaning ostki yuzasida, uning uchliroq tomonida esa bir nechta rizoidlar vujudga kaladi. Shu yuza tomonidan jinsiy organlar -arxegoniy va anteridiylar rivojlanadi. Arxegoniylar yaproqchaning o`yiq qismiga yaqin joyda, anteridiydar esa undan uzoqroq yoki o`rtaroq qismidan hosil bo`ladi. Anteridiy tashqi tomondan yupqa parda bilan o`ralgan dumaloq tanacha, uning ichida spermatozoidlar yetkazib beradigan spermatogen hujayralar bor.
Anteridiy yomg`ir yoqqanda yoki shudring tushganda uchidan yoriladi. Yorilgan joydan yetilgan spermatozoidlar suvga chiqadi. Arxegoniy qorin qismi bilan gametofit to`qimasiga botib turadi. Uning faqat kalta bo`yin qismigina tashqariga chiqib turadi. Qorin qismida tuxum hujayra va undan yuqorida kanal hujayrasi boshlanadi. Tuxum hujayra tayyor holga kelishi bilan arxegoniy uchi yoriladi, ana shu vaqtda kanal hujayralari shilimshiq suyuqlik ajratadi. Ajratilgan suyuqlik orqali spermatozoidlar tuxum hujayrasiga yetib kelib, uni otalantiradi. Otalangan tuxum hujayradan zigota hosil bo`ladi va u bo`linib o`sishi natijasida murtakka aylanadi. Murtak boshlangich ildiz, poya va bargga ega. Hosil bo`lgan ildiz asta-sekin tuproqqa kirib boradi, ayni shu vaqtda poya va barg yer yuzasiga chiqadi. Shunday qilib, murtak mustaqil holda hayot kechira boshlaydi. Gametofit yaproqchasi keyinchalik asta-sekin qurib yo`qolib ketadi.


Download 26,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish