5-6 botanika mustaqil ishlash uchun masalalardan namuna
1. Ma`lum bir daraxtni bargli novdasini suvli idishga solib va shu suvga moy tomizilib tarozini pallasiga qo`yib ikkinchi pallaga qadoqtosh qo`yib tenglashtirildi.10 kundan so`ng pallalarni tenglashtirish uchun qodoqtosh 400 gr ga kamaytirildi.Shu novda kesilmagan paytda daraxtdan bir kunda bug`lanayotganni suvni 0,8% i shu novdadan ajralsa u holda shu daraxtni 3 kun davomida bug`latgan suv miqdorini aniqlang.(har kuni bir xil miqdorda suv bug`langan deb hisoblansin)
A.15 l B.5000 ml C.4000 ml D. 50 l
2.Olma o`simligida o`rta hisobda bitta bargining ostki tomonida 40 juft og`izchalar bo`lib ustki po`st bilan ostki po`stdagi og`izchalar nisbati 1:2 ni tashkil qiladi.Har bir loviyasimon hujayrada xlorofillar soni 20 tani tashkil qilsa u holda 10 juft bargining ustki tomonidagi og`izchalardagi jami xlorofillar sonini toping.
A.32000 B.64000 C.16000 D.800
3.Sekvoyadendron o`simligini 196 ta qubbasidagi urug`lar og`irligini(gr) aniqlang.
A.1000 B.196 C.0,05 D.200
4.Rayxon o`simligini usti po`st va ostki po`stdagi og`izchalar nisbati 2,5;1 bo`lib 4 juft bargidagi og`izchalar soni 560 ta bo`lsa u holda 3 ta bargidagi ustki po`stdagi og`izchalarni hosil qilishda ishtirok etgan hujayralar sonini aniqlang.
A.210 B.420 C.300 D.40
5.Agar rovoch o`simligining 1 mm2 barg sathida 11 juft barg og`izchalari bo`lsa, shu bargning 3 mm2 sathidagi og`izchalarni hosil qilish uchun nechta loviyasimon hujayralar ishtirok etadi?
A.132 B.66 C.33 D.1 juft
6.Agar qarag`ayni bitta qubbasida 30 ta urug` yetilsa u holda 3 ta qubbadagi tangachalar sonini aniqlang.
A.30 B.60 C.45 D.15
7.Kichik probirka(1024 ta bakteriya sig`adigan)ga agar-agar solib unga bitta bakteriya solib qo`yilsa va shu probirka yarim bo`lishi uchun 225 daqiqa ketsa u holda bakteriyalar har necha daqiqada bo`linib ko`payganini aniqlang(nazariy jihatdan)
A.30 B.20 C.1 D.25
8.Agar ulotriksning bitta hujayrasidan 11 juft ikki xivchinli hujauralar hosil bo`lsa,shu hujayralardan nechta ulotriks ipi hosil bo`ladi?
A.44 B.22 C.88 C.11
9. Makkajoxorining 3mm2 satxidagi uzun hujayralar soni 1mm2 satxidagi ildiz tukchalarini 60 foizni tashkil qilsa, makkajoxorini ildiz tukchalarini necha foizi nobud bolgan?
A) 20 foiz B) 60 foiz C) 80 foiz D) 40 foiz
10. Makkajoxorining 3mm2 satxidagi uzun hujayralar soni 1mm2 satxidagi ildiz tukchalarini 60 foizni tashkil qilsa, makka joxorini nobud bolmagan ildiz tukchalari sonini aniqlang
A) 840 B) 420 C) 1680 D) 1260
11. Chinor daraxtini ostki barg ogizchalari soni ustki barg ogizchalari sonidan, 2,5 martta kop, bargidagi jami loviyasimon hujayralar esa, 700 tani tashkil qiladi. Agar chinor daraxtini har bir ostki barg ogizchasi bir kecha kunduzda 2 l suv buglatsa, va 5 kunda jami 3250 l suv buglatsa, ustki barg ogizchalarini har biri bir kecha kunduzda qancha suv buglatganligini toping.
A) 0,88 l B) 1,5 l C) 0,50 l D) 1. 2 l
12.Sekvoyadendron daraxti har yili 4 kg qubba hosil qilsa, nomalum vaqt davomida 18 kg urug hosil qilsa, shu uruglarni hosil qilishda qatnashgan qubbalar sonini uruglar sonidan ayirmasini (a) va 18 kg urug hosil qilish uchun qancha vaqt (b) kerak bolganini toping.
A) a- 3510720; b- 6 yil B) a- 3510360; b- 4, 5 yil
C) a- 7840000; b- 3, 5 yil D) a- 7840000; b- 6 yil
13.Sekvoyadendron daraxti ikki yilda taxminan 25 kg urug hosil qilgan bolsa qancha qubba qatnashgan?
A) 19600 B) 24500 C) 9800 D) 12500
14. Xlorella suvoti bir kecha kunduzda maksimal bolinishi hisobiga nomalum miqdorda xlorella hujayrachalari hosil bolsa, 72 soatda, qancha xlorella hujayrachalari hosil boladi?
A) 32768 B) 4096 C) 1024 D) 512
15.Ulotriksni jinsiy ko`payishida 256 ta gameta hosil bo`lgan bo`lsa shu gametaning 25% dan zigota hosil bo`lgan zigotaning 50% dan ulotriks iplari hosil bo`ldi.
Qanacha ulotriks iplari hosil bo`lgan?
A)64 B)32 C)128 D)16
Do'stlaringiz bilan baham: |