“Nuklein kislotalar” degan atama lotincha “nukleus”, ya’ni yadro so‘zidan olingan. Nuklein kislotalar birinchi marta 1869- yilda shvetsariyalik vrach F.Misher tomonidan leykotsitlar yadrosidan topilgan.
Nuklein kislotalar ikki xil bo‘ladi: DNK — dezoksiri- bonuklein kislota va RNK — ribonuklein kislota.
DNK asosan hujayraning yadrosida, shuningdek mitoxondriya va plastidalar tarkibida uchraydi.
Nuklein kislotalar
DNK
DNKning tuzilishi amerikalik biolog J.Uotson va angliyalik fizik olim F.Krik tomonidan 1953- yilda kashf etilgan.
Barcha hujayralar - hayvon va o'simliklar hujayralarida irsiy axborotni saqlovchi tuzilma rolini DNK bajaradi. DNK organik birikmalar ichida strukturasi jihatidan o'ziga xos tuzilgan birikmadir. DNK qo‘sh spiral. DNK molekulasi bir-birining atrofida spiral bo'lib buralgan ikkita zanjirdan iborat. DNK qo‘sh spirali o‘rtasidagi masofa 2 nm atrofida bo'ladi. Uning uzunligi esa bir necha o'n ming hatto bir necha yuz ming nanometrga yetishi mumkin. DNK spiralidagi qo'shni nukleotidlar orasida masofa 0,34 nm ga teng bo'ladi.
DNK DNK molekulasi
Har bir DNK molekulasi polimer bo'lib, uning monomerlari nukleotidlardir. Nukleotid tarkibi uchta modda azotli asos, uglevod (dezoksiriboza) va fosfat kislotasi qoldig'idan iborat kimyoviy birikmadir. DNK molekulasi to'rt xil nukleotidlarni birikishidan hosil bo'lgan. Nukleotidlar bir-biridan faqat azotli asosi bilan farq qiladi.
DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib, qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga antiparallel bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan tugallanadi. Purin va pirimidin asoslari spiral ichida joylashadi.
AZOTLI ASOSLAR
NUKLEOTIDLAR
Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati
Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati nihoyatda katta. Ular hujayra oqsillarining sintezlanishida, irsiy axborotlarning nasldan naslga o'tishida muhim rol o'ynaydi. DNKdagi irsiy axborotni berilishi tufayli avlodlar o'z ota-onasiga o'xshash bo'ladi.
Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarda keng tarqalgan moddalar bo’lib, o’z molekulalarida hayot uchun zarur ma’lumotlarni saqlaydi. Bu ma’lumotlar orqali organizm o’zi uchun zarur bo’lgan oqsil va boshqa moddalarni sintezlaydi. Shuningdek , organizmda boradigan juda ko’p moddalar va energiya almashinuvi , oqsillar biosintezi kabi muhim jarayonlar nuklein kislotalar faoliyati bilan bog’liq.
UMUMLASHTIRISH
Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarda keng tarqalgan moddalar bo’lib, o’z molekulalarida hayot uchun zarur ma’lumotlarni saqlaydi. Bu ma’lumotlar orqali organizm o’zi uchun zarur bo’lgan oqsil va boshqa moddalarni sintezlaydi. Shuningdek , organizmda boradigan juda ko’p moddalar va energiya almashinuvi , oqsillar biosintezi kabi muhim jarayonlar nuklein kislotalar faoliyati bilan bog’liq.
Nuklein kislotalarni birinchi bo'lib qaysi olim kashf etgan? ?
Nuklein kislotalarni birinchi bo'lib qaysi olim kashf etgan? ?
Nuklein kislotalarning qanday xillari bor?
DNK hamda RNKning o'xshashlik va farqli tomonlarini tushuntirib bering.
MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ Misollarni bajaring: 1. DNKning o'ng zanjiridagi nukleotidlar ketma- ketligi CTATAGTAA--CAA bo'lsa, chap zanjirdan transkripsiya asosida hosil bo'lgan oqsil fragmentidagi aminokislotalar ketma-ketligini toping.
2. DNK fragmentining bir zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi: GGTACGATGTCAAGA dan iborat. Bu zanjirda kodlangan oqsilning birlamchi strukturasini toping.
E’tiboringiz uchun rahmat