2-ish. Jadal nafasning hajm tezligini aniqlash (Pnevmotaxometriya) Nazariy tushuncha. Pnevmotaxometriya jadal nafas olish va nafas chiqarishdagi havoning harakat tezligini aniqlashdir. Uni pnevmotaxometr bilan o’lchanadi. Jadal nafas olish va nafas chiqarishdagi havoning harakat tezligi bronxlarning havo o’tkazish qobiliyatini, ko’krak qafasining harakatchanligini va nafas muskullari kuchini xarakterlaydi. Nafas yo’llarining o’tkazish qobiliyatiga qarab nafas sikli vaqtidagi havo oqimining hajm tezligi u yoki bu darajada o’zgaradi. Yaxshi chiniqqan sportchilarda nafas olishning hajm tezligi nafas chiqarishning hajm tezligiga nisbatan yuqori bo’ladi.
Pnevmotaxometr ikki qismdan: nafas datchigi va manometrdan tuzilgan. Datchik kuchsiz nafas uchun alohida (diafragma diametri 10 mm) va kuchli nafas uchun alohida (diafragma diametri 20 mm) bo’ladi. Nafas datchigidan havo oqimining o’tishini manometr strelkasini og’diradi. Strelkaning og’ishi havo oqimining hajm tezligiga to’g’ri proporsional bo’ladi. Priborning manometri kuchsiz nafas uchun 0 dan 2 l sek gacha, kuchli nafas uchun 0 dan 9,3 l sek gacha darajalarga bo’lingan. Pnevmotaxometr dastasidagi strelka nafas olish yoki nafas chiqarish tekshiriladigan holatni ko’rsatadi. (26-rasm)
26-rasm;Pnevmotaxometriya
Ishdan maqsad: jadal nafas olish va nafas chiqarishdagi havoning maksimal hajmini aniqlash.
Ish uchun kerakli jihozlar: pnevmotaxometr, spirt, paxta.
Ishni bajarish tartibi. Tajriba sinaluvchi kishining o’tirgan holatida o’tkaziladi. Sinaluvchi datchikning og’izga olinadigan qismini spirt bilan artib og’ziga oladi va burniga qisqich qo’yadi. Sinaluvchiga og’iz orqali maksimal tezlikda chuqur naqas olish taklif etiladi. Pribor strelkasining ko’rsatgan raqami yozib qo’yiladi. Tekshirish 2-3 marta takrorlanadi. Eng yuqori ko’rsatkich jadal nafas olishning maksimal tezligi deb qabul qilinadi. So’ng jadal nafas chiqarishdagi havo oqimining maksimal tezligi o’lchanadi. Buning uchun sinaluvchi kishi chuqur nafas olganidan keyin nafas datchigi orqali kuchli va tez nafas chiqaradi. Sinov 2-3 marta takrorlanadi. Normada kattalardagi o’rtacha ko’rsatkich: jadal nafas olishda 5-6 l\sek ga, jadal nafas chiqarishda 5-6 l\sek ga teng sportchilarda havo oqimining sekundiga tezlshigi chiniqmagan kishilardagiga nisbatan ortiq bo’ladi.