Nazariy tushuncha: Insulin oshqozon osti bezining endokrin (Langergans orolchalari) qismidagi b-hujayralari tomonidan ishlab chiqiladi. Garmon 2 zanjirdan tuzilgan polipeptid bo`lib, bitta zanjiri 21 ta boshqasi 30 ta aminokislotalar qoldig`ini o`zida saqlaydi. Insulining fiziologik ta`sirlarida biri bo`lib, uning qondagi qand miqdorini ma`lum bir me`yorda ushlab turishidir. Insulin odam va boshqa umurtqali hayvolarda, qondagi shaker miqdorini kamaytiruvchi yagona garmondir. Agar insulin katta dozada yuborilsa va Mqondagi qand miqdori 2,250 mmol/l dan kamaysa u hilda bosh miyaning glyukoza bilan ta`minlanishi buziladi va gipoglikemiya yuzaga keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |