Formatsiya (latincha formatsio - hosil bo`lish, shakllanish) o`simliklar
olamida taksonomik kategoriya bo`lib, u dominant turlari bilan bir-biriga o`xshash
bo`lgan assotsiatsiyalar yig`indisidan iborat. Formatsiya bir yoki bir nechta
assotsiatsiyani o`z ichiga oladi. Tekshirilayotganda avvalo qaysi tip ekanligi
aniqlanadi. So`ngra uni formatsiyalarga bo`lish mumkin. Formatsiya bir-biriga
o`xshash dominant (ustunlik qiluvchi turlar) o`simliklar yig`indisidan iborat.
Masalan, har xil o`tli- rangzor, shuvoqli-g`allazor, shuvoqli bug`doyiqzor, rangli-
yantoqzor kabi formatsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |