Biologiya kafedrasi 5420100-biologiya yo’nalishi 4-kurs talabasi


O`simliklar qoplamining ayrim o`ziga xos xususiyatlari



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/40
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#209483
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
shimoliy fargonadagi chap adirlarining kamyob va yoqolib borayotgan osimliklari va ularning mahalliy bioxilma-xillikda tutgan orni (1)

        O`simliklar qoplamining ayrim o`ziga xos xususiyatlari.M.M. Arifxonova 

(1967)  Farg`ona  vodiysida  2625  turga  yaqin  yuksak  o`simliklarning  uchrashini 

qayd  etgan.  R.S.Vernik,  T.T.Raximova  (1984)  Chust-  Pop  adirlarida  246  ta, 

Chortoq  adirlarida  267  ta  tur  o`simliklarni  keltirgan.  K.SH.  Tojiboev  (2002) 

Chodaksoy havzasida olib  borgan geobotanik, floristik tadqiqotlari davomida 663 

ta turdagi o`simliklar uchrashini qayd qilgan. Hozirgi kunda Pop tumanining katta 

qismi  o`zlashtirilib,  qishloq  xo`jaligida  foydalaniladi.  Tabiiy  holdagi  cho`llar 

Markaziy  Farg`onaning  shimoliy  qismi  hamda  Qoraqalpoq  cho`llarida  saqlanib 

qolgan.  Bu  mintaqaning  botqoq  va  botqoq  o`tli  tuproqlarida  Phragmites  australis,  

Bolboshoenus 

maritimus, 

quruq 


joydagi 

o`tloqli 

sho`rhok 

tuproqlarda 

Calamagrostis  pseudophragmites,  Cirsium  arvense,  sho`rxok  tuproqlarda  Suaeda 



 

15 


arcuata,  S.  microphylla,Zygophyllum  oxianum  ko`p  o`sadi.  Tipik  sho`r  yerlarda 

Salsola  dendroides,  Halocnemum  strobilaceum,  Artemisia  maritima  va  boshqa 

sho`rga  chidamli  o`simliklar  o`sadi.  Qumli  cho`llarda  ko`chma  qumlarga 

moslashgan  psammofit  buta  o`simliklar  chakalakzorlarni  hosil  qilgan.Adir 

mintaqasida  yozgi  haroratning  yuqoriligi,  nisbiy  namlikning  pastligi  va  tuproq 

mexanik  tarkibining  dag`alligi,  yog`in  miqdorining  fasllar  bo`yicha  bir  xilda 

taqsimlanganligi  va  boshqa  tabiiy  omillar  ta`sirida  qurg`oqchil    hususiyatli 

o`simliklar  qoplami  vujudga  kelgan.R.S.  Vernik  va  bosh.  (1984).  Pop  tumani 

adirlari  o`simliklari  to`g`risida  batafsil  ma`lumotlar  berganlar.  So`g`di  shuvog`i 

tashkil  etgan  formatsiya  500-800  m  balandliklaridagi  quyi  adirlarni  egallagan 

Celtis  caucasica,  Crataegus  turkestanica  kabi  daraxtlar  faqat  yuqori  adirlarda 

uchraydi.  Buta  va  butachalardan  Ephedra  equisetina,  Ataphaxis  pyrifolia, 

Amyqdalis 

spinosissima, 

Cerasus 

erythrocarpa, 

Rosa 

canina, 


R.ecae, 

Zyqophyllium  atriplicoides  o`sadi.  Artemisia  ferganensis,  A.sogdiana,  Kochia 

prostrata,  Perovskia  angustifolia,  P.  scrophulariifolia  lar  ham  keng  tarqalgan.  Bu 

mintaqada  ko`plab  bir  yillik  va  ko`p  yillik  o`t  o`simliklar  uchraydi  (173  tur  yoki 

mintaqa  florasining  46,5%).  Efemerlar  93  turdan  iborat  bo`lib,  ular  orasida 

Astragalus 

campylotrichus, 

A.commixtus, 

Arenaria 

leptoclada, 

Bromus 

danthoniae,  Eremopyrum  buonapartis,  Lolium  temulentum;  efemeroidlar 

guruhidan  Poa bulbosa, Gaqea ova,   G. stipitata, Ixioliron tataricum  va  boshqalar 

ko`p uchraydi.Pop tumanining shimoliy qismida Quramaning janubi-sharqiy qismi 

bilan  tutashgan.  Bu  mintaqaning  1500-1800  m  balandlikdagi  toshli-qirrali  chaqir 

toshli quruq yonbag`irliklarni mezofil butazorlar tsenotipi egallagan bo`lib, har xil 

sistematik  guruhlarga  mansub  turlardan  Rosa  fedtshenkoana,  R.ecea,  Spiraea 

hypericifolia, Lonicera nummularifolia, Cotoneaster suavis, Berbris oblonga lardan  

tashkil topgan.Daraxtlardan  Salix alba, Populus alba tog` soylari yoqalarida keng 

tarqalgan. Mintaqaning archazorlari dengiz sathidan 1600-1700 m dan boshlanadi. 

Bu yerda qora archazorlar (Juniperus zeravschana) sof holda hukmronlik qiladi. 

Qurama tizmasining shimoli sharqida joylashgan Ohangaron supasining kichik bir 

qismi bilan ifodalangan. 



 

16 


                                   2. TADQIQOT USULLARI 

      Mazkur  bitiruv  malakaviy  ish  “Shimoliy  Farg`onadagi  chap  adirlarning 

kamyob  va  yo`qolib  borayotgan  o`simliklari  va  ularning  mahalliy  bioxilma-

xillikda  tutgan  o`rni”  deb  nomlanadi.  Malakaviy  ishda  keltirilgan  ma’lumotlar 

Shimoliy  Farg`ona  chap  adirlari  ya`ni:  Pop  va  Chust  hududining  florasi  va 

o’simliklar  qoplamini  o’rganishga  bag’ishlangan  adabiyot  ma’lumotlari,  dala 

tadqiqotlar  asosida  tayyorlangan.Hozirda  O`zbekiston  yoki  O`rta  Osiyoning 

boshqa mamlakatlarida kamyob, yo`qolib borayotgan, endem  va muhofaza chora-

tadbirlariga  muhtoj  bo`lgan  o`simlik  turlarini  saqlab  qolishning  yangi  usullari  va 

mexanizmlari ustida yangi zamonaviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadiqiotlarning 

bir  qismi  ayrim  tabiiy-geografik  hududlarning  floristik  tarkibini  o`rganish, 

floralarning yangi zamonaviy konspektini tuzishga qaratilgan bo`lsa, qolgan qismi 

flora  tarkibidagi  kamyob  va  yo`qolib  borayotgan  turlar  populyatsiyalarining 

zamonaviy  holatini  aniqlashga  va  ularni  muhofaza  etish  chora    tadbirlarini  ishlab 

chiqishga  qaratilgan..  Turlarning  botanik  tavsifi  olti  jildli  “O’zbekiston  florasi” 

(1991-1993)  asarining  oltinchi  jildida  keltirilgan  ma’lumotlar  asosida  keltirilgan 

[Cherneva.,  1992].  Turlarning  ilmiy  nomlanishi  va  ularning  mualliflarini 

keltirilishi  xalqaro 

www.theplantlist.org

  saytida  keltirilgan  katalogiga  to’g’ri 

keladi.  Shuningdek,  tadqiqotlar  davomida    “O’zbekiston  o’simliklari  aniqlagichi” 

(1990),  “O’rta  Osiyo  o’simliklari  aniqlagichi”  (1963-1993)  kabi  risolalardan 

foydalanildi.  Keltirilgan  o’simlik  turlarining  tasvirlari  dala  tadqiqotlari  davomida 

olingan  raqamli  fotosuratlar,  yuqorida  sanab  o’tilgan  risolalardan  hamda  internet 

tarmog’idagi 

www.plantarium.ru

 saytidan olingan. Shimoliy Farg`ona chap adirlari  

hududida  tarqalgan  ko`plab  turkumlarga  mansub  bo’lgan  o’simlik  turlarining 

gerbariy  namunalarini  raqamli  suratlari  (skaner  qilingan  gerbariy  namunalari) 

O’zR  FA  O’simliklar  va  hayvonot  olami  genofondi  instituti  qoshidagi  Markaziy 

gerbariy  (TASH)  laboratoriyasi  faoliyati  davomida  tayyorlanayotgan  ma’lumotlar 

elektron  bazasidan  olingan.  Malakaviy  –  bitiruv  ishida  keltirilgan  gerbariy 

namunalarining  yig’ilgan  joylari  Namangan  viloyati  hududiga  to’g’ri  kelmasligi 

mumkin,  ya’ni  boshqa  hududlardan  terilgan  namunalar  hisoblanadi.  Biroq, 




 

17 


keltirilgan  namunalarning  aynan  shu  turga  mansubligi  mutaxasisilar  tomonidan 

tasdiqlanadi.  Keyingi  paytda  rivojlanib  borayotgan  yo`nalishlardan  biri  Alohida 

ahamiyatga  ega  botanik  hududlar  (AABH)  ni  tanlash  va  ularda  izlanishlar  olib 

borish  keng  ko`lam  yozib  bormoqda.AABH  larni  tanlash  va  ularda  botanik 

tadqiqotlarni  olib  borish  borasidagi  ilmiy  tadqiqotlar  asosan  G`arbiy  Yevropa 

mamlakatlarida  o`tgan  asrning  70-80  yillaridan  boshlangan.  Bu  mamlakatlarda 

floristik  ma`lumotlarning  katta  ko`lamda  yig`ilganligi  va  ularni  to`la  tahlil 

etilganligi ana shunday tadqiqotlarni olib borish uchun imkoniyat  yaratdi. Chunki 

300  yildan  ortiq  muddat  davomida  olib  borilgan  izlanishlar,  yig`ilgan  gerbariy 

namunalari,  chop  etilgan  floraning  ro`yxatlari  va  tuzilgan  xaritalar  ma`lum  bir 

tabiiy-geografik  rayon  yoki  mamlakat  uchun  ahamiyatli  bo`lgan  botanik 

hududlarni ajratishga asos bo`ladi Bitiruv-malakaviy ishini bajarish uchun taqdim 

qilingan  bu  raqamli  suratlarning  namunalari  kelgusida  ham  ishlatish  mumkinligi 

ta’kidlangan. 

Shuningdek 

www.ziyonet.uz

http://ru.wikipedia.org



http://www.ecosystema.ru, 

www.nature/flowers.ru

 

saytlarida 



keltirilgan 

ma’lumotlardan  ham  foydalanildi.  O’simlik  turlarining  ilmiy  nomi  va 

mualliflarning  yozilishi  “O’rta  Osiyo  o’simliklari  aniqlagichi”ga  hamda 

www.theplantlist.org

  saytida  keltirilgan  ma’lumotlarga  to’g’ri  keladi.  Turlarning 

mahalliy  nomlari  “O’zbekiston  o’simliklari  aniqlagichi”  va  “O’zbekiston  florasi” 

risolalari  bo’yicha  berilgan.  Tadqiqotning  usullari  –  Shimoliy  Farg`ona  chap 

adirlaridagi o`simlik turlari tarkibi hisoblanadi. Metodlari – turli xil adabiyotlarda 

ushbu hududda uchrashi mumkin bo’lgan turlar to’g’risida keltirilgan ma’lumotlar, 

floristikada  keng  qo’llaniladigan  va  umum  qabul  qilingan  metodlar  hisoblanadi. 

Keng qo’llaniladigan metodlar orasidan marshrutli metod, ya’ni hududning turli xil 

joylariga uyushtiriladigan dala safarlari ishlatildi. 




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish