Uslubi:______________
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali
qurollar va rasmlar, doska bo’r, daftar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb qilib, ishchi
muhitini yaratish.
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
Yangi mavzuning bayoni: Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun
ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga
ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda
faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor
qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga
ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan
olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki sigir bachadoniga kiritiladi,
ya’ni implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu
biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen
muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth
hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini
oshirishga erishdi. Zigota (urug‘langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikr o inyeksiya
qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko‘plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J. H.
Hamidov rah bar ligida shu usulni qo‘llab, quyon zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan
yirik va tez o‘suvchi transgen quyon olindi. Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida
hosil bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir hujayradan sun’iy sharoitda
ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi
sababli mularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi. 1977-yili J.Gyordon tomonidan
hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi
1997-yil Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib
tashlangan zigotaga boshqa
embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona
bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari erishgan natijalarning J.
Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning
somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritib, yetuk organizm oldilar (74-rasm).
Mustaxkamlash: 1. Hayvonlarni klonlashning qanday yo‘llari bor?
2. Gibridoma hujayrasining qanday afzalliklarini bilasiz?
3. Monoklonal antitanalar sintez qiluvchi gibridoma hujayralarining alohida
klonlarini olish uchun gibridoma hujayralarini qanday ko‘paytirasiz?
www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
4. Monoklonal antitananing qanday ahamiyati bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |