Yangi mavzuning bayoni:
Gen muhandisligida DNK molekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga
bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK
bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata oluvchi elektroforez usulidan
foydalaniladi. Gen muhandisligi qo‘llaniladigan fermentlar. Gen muhandisligi fermentlari DNK
molekulalari bilan turli xil tajribalarni o‘tkazishga yordam berib, ularni tegishli joyidan qirqish, turli xil
bo‘laklarini ulash, tabiatda mavjud bo‘lmagan yangi xildagi ketma-ketliklarni sintez qilishda qo‘llaniladi.
Quyida gen muhandisligida foydalaniladigan asosiy fermentlarni ko‘rib chiqamiz. Barcha fermentlarni
shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: DNKni bo‘laklarga bo‘luvchi; RNK matritsa
asosida DNK bo‘laklarini sintezlovchi; DNK bo‘laklarini ulovchi; DNK bo‘laklari uchlari struktrurasini
o‘zgartirish imkonini beruvchi fermentlar.
Polimerazalar. Gen muhandisligi keng qo‘llaniladigan
fermentlardan biri DNK polimeraza fermenti bo‘lib, bu ferment birinchi marta 1958-yilda
Korenberg va uning hamkorlari tomonidan Esherichia coli (ichak tayoqchasi bakteriyasi)dan ajratib
olingan DNK polimeraza komplementar nukleotidlarni biriktirish yo‘li bilan DNK zanjiri reduplikatsiya
jarayonida ishtirok etadi. DNK polimeraza gen muhandisligida yangi DNK molekulalarini sintezlashda
qo‘llaniladi. Viruslarni o‘rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ayrim viruslarning genomi bitta
RNK zanjirdan iborat bo‘lib, hujayra ichida rivojlanayotganda o‘z genomini ikki zanjirli DNK
ko‘rinishiga o‘tkazib, xo‘jayin hujayra genomiga kiritadi. RNK matritsa asosida komplementar
DNK sintezlay oladigan virusning maxsus fermenti, ya’ni teskari transkriptaza yoki revertaza deb
nomlanuvchi maxsus ferment ajratib olingan. Revertazalar matritsa RNKga komplementar DNK zanjirini
sintezlay oladi. Revertazalar yordamida MRNKning DNK nusxalarini olish mumkin. Ligazalar.
Rekombinatsiya jarayoni Mustaxkamlash:
1. Gen muhandisligida foydalaniladigan fermentlar qanday guruhlarga ajratiladi?
2. Polimeraza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering.
3. Restriktazalar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?
4. Restriktaza fermentlarining ishlash mexanizmi haqida so‘zlab bering.
5. Teskari transkriptaza fermenti faoliyati mohiyatini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |