10-sinf Biologiya 2-variant
1. Mamlakatimizda uchraydigan hayvonlarni ularning soni bilan juftlang: 1) jami umurtqalilar; 2) baliqlar; 3) suvda va quruqlikda yashovchilar; 4) sudralib yuruvchilar; 5) qushlar; 6) sut emizuvchilar; 7) hasharotlar; 8) o’rgimchaksimonlar;
a) 60; b) 400; v) 650; g) 70; d)3; e)99; k) 11000;z)100
A) 1 – k, 2 – g, 3 – d, 4 – a, 5 – b, 6 – z, 7 – v, 8 – e
B) 1 – b, 2 – a, 3 – e, 4 – g, 5 – v, 6 – d, 7 – k, 8 - z
C) 1 – v, 2 – g, 3 – d, 4 – a, 5 – b, 6 – e, 7 – k, 8 – z
D) 1 – v, 2 – g, 3 – d, 4 – a, 5 –v , 6 – b, 7 – k, 8 – z
2.Kaptar tinch turganda necha marta, uchganda necha marta yuragi qisqaradi?
A)165/400 B)26/550 C)26/400 D)165/550
3.Baliqning qon aylanish qismining qayerida venoz qoni bo’ladi?
1-orqa aortada 2-Qorin aortada 3-yuragi
4-yuragiga qon olib keladigan tomirlarda 5- organ va to’qimalarga olib boradigan kapilyarlarda
A)2,3,4 B)1,2,3 C)2,3,5 D)3,4,5
4. Quyidagi birikmalarning qaysi biri vorsinkalarda kapillar (a) va limfa (b) tomirlariga so'riladi?
1) oqsillar (aminokislota); 2) yog'lar; 3) karbon suvlar
A) a-l; b-2,3 B) a-2; b-l, 3 C) a-3; b- 1,2 D) a-1, 3; b - 2
5.Qirqquloqlarning qirqbo'g'imlardan farqini aniqlang.
a) ildizpoyali, ko'p yillik o't; b) jinssiz va jinsiy bo'g'inlar gallanadi; c) vegetativ ko'payish ildizpoyalar orqali sodir bo'ladi; d) ildizi qo'shimcha; e) bargi yirik, patsimon qirqilgan;
f) spora beruvchi boshoqlari bo'lmaydi; j) sporalar soruslardagi sporangiylarda yetiladi.
A) e,f,j B) a, b, c, d C) d, e, f D) b,e,j
6.Agar bir sutkada oziq moddalarning parchalanishi natijasida organizmda 3600 kkal energiya hosil bo'lsa, lining qanchasi tana haroratining doimiyligini ta'minlash uchun (1), qanchasi to'qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o'tishi va ish bajarishi uchun (2) sarflanadi?
A) 1 - 1800 kkal; 2 - 1800 kkal B) 1 - 1200 kkal; 2 - 2400 kkal
C) 1 - 2400 kkal; 2 - 1200 kkal D) 1 - 2000 kkal; 2 - 1600 kkal
7. Yashil qurbaqaning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.
1-Baqaga nisbatan ancha yirik rangi och yashil yoki kulrang bo‘ladi 2-U kechqurunlari iniga berkinib yotadi
3-Terisida oqish zaxarli suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari bo‘ladi4-Terisi dag‘alroq, o‘pkasiga nisbatan rivojlangan 5-Kunduzi qurullab sayraydi 6-Kunduzi kechqurunlari inida daraxt ildizi va to‘nkalar orasida berkinib yotadi 7-Kechqurun qurullab sayraydi 8-Ko‘payish davrida inga tushadi
A) 1,2,3,4,5,8 B) 1,3,4,6,7,8 S) 1,2,5,6,7,8 D) 1,3,4,5,6,7
8.Olimlarni ularning kashfiotlari bilan juftlang: 1-500 ga yaqin hayvon turiga tasnif beradi
2-Mikroskopda ko’rinadigan hayvonlarni kashf qiladi 3-Hayvonlar sistematikasiga asos solgan
4-evolutsion talimotni yaratgan 5-Hayvonlarning embrional rivojlanishini o’rgangan
6-Hayvonlar ekologiyasini o’rgangan
a-Darvin b-Arastu v-Levenguk s-Linney d-Kashkarov e-Bogdanov
A)1-a 2-b 3-v 4-s 5-d 6-e B)1-b 2-v 3-s 4-a 5-e 6-d C)1-b 2-s 3-v 4-a 5-d 6-e D)1-b 2-v 3-s 4-a 6-d
9. Gipoksiyada kuzatiladigan jarayonlarni aniqlang. a) kislorod yetishmaydi; b) bo'g'im va belda og'riq paydo boiadi; c) nafas olish tezlashadi;d) yurak urishi sekinlashadi; e) bosh og'riydi,ko'z tinadi; f) yurak urishi tezlashadi; j) ko'ngil ayniydi; k) eritrotsitlar soni ko'payadi; 1) erigan gazlar miqdori ko'payadi
A) a,b,c,d,e,f,j,k,l B) b, j, l C) a, c, e, f, j, k D) a, b, c, d, k
10. DNK molekulasida 620 juft adenin bor. Guanin umumiy nukleoidlarni 30% ini tashkil etadi. Shu DNK molekulasini uzunligi (A°) toping. (qo’shni nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A°).
A) 15400 B) 10540 C) 1540 D) 1540
11. Odamda polidaktiliya va katarakta 1 ta autosomada joylashgan dominant genlar ta’sirida irsiylanadi. Erkak katarakta va polidaktiliya bilan kasallangan bo’lib, unga bu genlardan biri onasidan o’tgan. Ayol 2 belgisi bo’yicha sog’lom. Nazariy jihatdan krossingover 3% bo’lsa, shu oilada tug’ilishi mumkin bo’lgan bolalarning necha foizi ota-onaga fenotip jihatdan o’xshamagan bo’ladi?
A) 97% B) 50% C) 3% D) 48,5%
12. .Na’matak endospermidagi autosoma soni 33 ga teng. Changlanish jarayonida urug’chi tumshuqchasiga 18 ta chang donachasi kelib tushdi. Urug’lanishdan so’ng 15 ta urug’ hosil bo’ldi. Urug’lanish jarayonida qatnashgan spermatozoidlardagi jami xromasomalar sonini aniqlang?
A) 360 B) 330 C) 432 D) 180
13. Botir bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida 100 g oqsil, 80 g yog’, 460 g uglevod va 10 g tuz is’temol qildi. Ovqat tarkibidagi biomolekulalardan ajralgan energiya miqdorini kJ da aniqlang?
A) 9856 B) 12968 C) 11208 D) 4872
14. To’g’ri fikrlarni aniqlang. 1) oqsil molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligi DNK dagi nukleotidlar ketma-ketligi bilan belgilanadi; 2) 20 xil aminokislota DNK dagi 4 xil nukleotid tomonidan kodlanadi; 3) 20 xil aminokislotani ifodalash uchun 64 ta triplet koddan foydalaniladi; 4) bitta triplet bitta aminokislotaga mos keladi; 5) bitta aminokislotaga bitta triplet mos keladi; 6) aminokislota bilan triplet kodning mos kelishini t-RNK belgilaydi; 7) aminokislota bilan triplet kodning mos kelishini i-RNK belgilaydi; 8) fenilalanin UUU va UUA kodonlari bilan ifodalanadi; 9) leytsin UUA va UUG kodonlari bilan ifodalanadi
A) 1,2,3,6,9 B) 1,2,4,5,7 C) 1,2,4,6,9 D) 1,3,2,5,8
15. Odam shirin ta’mni sezganda ta’m bilish analizatori tarkibiy qismlarining qo’zg’alish ketma-ketligini aniqlang.
1.til uchidagi retseptorlar 2.til orqasidagi retseptorlar 3.til-halqum nerv tolalari 4.halqum nerv tolalari
5.til nerv tolalari 6.uzunchoq miya 7.miyacha 8.talamus 9.gipotalamus 10.bosh miya po’stlog’i chakka qismining oldingi yuqori sohasi 11.bosh miya po’stlog’i chakka qismining pastki sohasi 12. bosh miya po’stlog’i chakka qismining yuqori sohasi
A) 1.3.7.8.11 B) 1.4.6.9.10 C) 1.5.7.9.12 D) 1.3.6.8.12
16. Quyidagi tibbiyot sohalari bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borgan o‘zbek olimlarini to‘g‘ri joylashtiring.
a) odam anatomiyasi fanining rivojlanishi bo‘yicha; b) qalqonsimon bez kasalligi bo‘yicha;
c) fiziologiya fanining rivojlanishi bo‘yicha; d) jarrohlik sohasi bo‘yicha; e) ichki kasalliklarni o‘rganish va davolash bo‘yicha; f) yuqumli kasalliklarning tarqalish sabablari bo‘yicha; j) asab kasalliklari bo‘yicha.
1. R.E.Xudoyberdiyev 2. U.Z.Qodirov 3. N.A.Ahmedov 4. Yo.X.To‘raqulov 5. V.V.Vohidov 6. N.Majidov 7. Z.Umidova 8. A.Asqarov 9. X.Z.Zohidov 10. R.A.Alavi 11. S.A.Asomov 12. S.A.Daminov 13. O.Y.Yunusov 14. N.Ismoilov 15. Z.T.Tursunov 16. E.S.Mahmudov 17. K.R.Rahimov 18. I.Q.Musaboyev 19. O‘.Oripov
A. a-1, 2, 3, 7; b- 4; c- 14, 15, 19; d- 12, 16, 18; e- 8, 9, 10, 11; f- 5, 6, 7; g- 13, 17.
B. a- 1, 3, 9, 10, 11, 12; b- 4; c- 2, 13, 15, 16, 17; d- 5, 19; e- 7, 8, 14; f- 18; j- 6.
C. a- 4; b-2, 13, 15, 16, 17; c- 1, 3, 9, 10, 14; d- 5, 19; e- 7, 8, 14; f- 18; j- 6.
D. a- 1, 3, 5, 7; b- 2, 4, 6, 8; c- 9, 10, 12, 14; d- 11,19; e- 13, 16; f- 17; j- 15, 18.
17. Meyoz jarayoni buzilishi tufayli makkajo‘xori hujayrasidagi ikkinchi va beshinchi juft xromosomalar jufti tarqalmay bir qutubga o‘tdi. Hosil bo‘lgan shu spermalar ishtirokida urug‘langan endosperm hujayralarida xromosomalar soni nechta bo‘ladi?
A) 19 yoki 21 B) 29 yoki 31 C) 28 yoki 32 D) 18 yoki 22
18. .Sporakarpiyga ega bo’lgan o’simlikning saksovul bilan o’xshashligi bormi?
A)mevasi va sporasi shamol orqali tarqaladi B)o’xshashligi yo’q
C)murtagida 2ta urug’pallasi bor D)O’zbekistonda ikkita turi bor
19.Tuproqni yumshatishda ishtirok qiluvchi Sut emizuvchilarni yozing.
_____________________________________________________________________________
20. Ch.Darvin evolutsion ta’limotni kashf qilgan yili qanday o’simlikning qazilmasi topilgan?
___________________________________________________________________________
21. Oshqozoni bir(a) ,ikki (b),to’rt(c)bo’lmali umurtqali hayvonlarni aniqlang?
_____________________________________________________________________________
22. Oldingi qanoti qalin va qattiq bo’lgan hasharotlarning dunyoda qancha turi bor?
____________________________________________________________________________
23. Triton qon aylanish tizimining qaysi qismlarida karbonat angidridga to'yingan qon uchraydi?
______________________________________________________________________________
24. Ishchi arilar qaysi xususiyatiga ko'ra ona ari va erkak arilardan farq qiladi?
_____________________________________________________________________
25. . Karp balig’ining tangachalari bir xil va lentasimon bo’lgan xillari bor. Lentasimon tangachlarga ega baliqlar urchitilganda hosil bo’lgan 4500 ta avlodning 25% i nobud bo’ldi. Ota-ona genotipini aniqlang.
_______________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |