Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko‘p. Odam tanasining uch o‘lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur qiling



Download 132 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi132 Kb.
#703106
  1   2
Bog'liq
Biologiya


3. Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko‘p. Odam tanasining uch o‘lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur qiling. Bunday taqdimotlarni o‘quvchilar uzoq vaqt esda saqlaydi.
Hujayraning tuzilishini darslikdan o‘qib tushunish birmuncha murakkab. Ko‘rgazmali tasvirlardan foydalanilsa, tasavvurlar yanada yorqin va tushunarli bo‘ladi. Hozirda avvalgidek sinf taxtasida bo‘r bilan yozish va ko‘rgazma rasmlardan foydalanish vaqti o‘tdi.
O‘quvchilar yangi tushunchalar haqida rasmiy bilimlarni to‘plamasdan, balki ularni tushunib olishlari juda muhim. Biologiya fanini o‘qitish yanada samarali bo‘lishi uchun o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchilar axborot kommuntkatsiya texnologtyalarini ishlab chiqishlari va undan foydalanishni rag‘batlantirishlari zarur.
O‘qituvchilar yanada samarali o‘qitish uchun proyektorlar va axborot kommuntkatsiya texnologtyalardan foydalanib, jonli o‘quv sinflarini tashkil etishi lozim.
Buning uchun fan o‘qituvchilari dars o‘qitish uchun Word, Excel, Power Point, Flash, Movie Maker kabi turli dasturiy ta’minotlardan va boshqa “Veb” vositalardan foydalanishni o‘zlashtirib olishlari shart.
Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doirasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi keng ko‘lamdagi bilim va ko‘nikmalar hamda ulardan foydalanish borasidagi malakalarga ega bo‘lishi davr talabidir. Jamiyatning tobora informatizasiyalashib borishi uzluksiz ta’lim tizimida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda Bugungi kunda butun dunyoda har tomonlama globallashuv va integratsiya jarayonlari kuchayib bormoqdaki, O’zbekiston ham bu jarayonlar oqimidan mustasno emas. Xalqaro siyosiy doiradagina emas, balki ichki siyosiy muhitda ham farovon va barqaror jamiyat qurish uchun kuchli va malakali, siyosiy va huquqiy bilimlarga ega kadrlar kerak.
Hozirgi kunda o’quvchilar, talabalar, tinglovchilar aqliy ta’limini rivojlantirish uchun ta’lim va tarbiya birligiga beriladigan bilimning ilmiy bo’lishi, bilimning sistemali va izchil bo’lishi barobarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishilmoqda.
Uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan o’qitish jarayonining samaradorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg’un foydalanish muhim vazifa sifatida belgilangan. Darhaqiqat, axborotlar globallashgan davrda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitish samaradorligini oshirish dolzarb muammo sanaladi.
Tabiiy fanlar, jumladan, biologiyani o’qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish uchun biologiya ta’limi mazmunining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zarur: tirik ob’ektlar bilan ishlash, ularda kechadigan hayotiy jarayonlarni kuzatish, tajriba qo’yish va b.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan o’zgartirishlar va yangiliklar asosida pedagog xodimlarga qo’yilayotgan zamonaviy talablar ta’lim va yoshlar to’g’risidagi xukumat tomonidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunib yetadigan hamda targ’ibot qiladigan; o’z fanini chuqur biladigan, pedagogik jarayonlarda o’quvchilarning sub’ektivligini va faolligini oshirishga alohida ahamiyat qaratadigan; o’zaro do’stona munosabatlarga asoslangan hamkorlikda faoliyat ko’rsatish ko’nikmalariga ega bo’lgan; pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, o’quvchilar va pedagoglar hamkorligini shakllantirish va muvofiqlashtirish, pedagogik jarayonlarda motivlashtirish, refleksiv faoliyat jarayonlarini tashkil etish asosida refleksiv ta’limiy muhitni shakllantirish yo’nalishlarida zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan o’qituvchi shaxsini shakllantirishni taqozo etadi.

4. Biologiya tirik mavjudotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot fani hisoblanadi. Bir o‘lcham tasvirlariga ega darslik yordamida o‘rganishda barcha organlar qismlarini va ularning funksiyalarini tushunish qiyin. Biologiya fanini o’qitishda quyidagilardan foydalanish mumkin: har bir mavzu mazmuniga asosan ko’rgazmalilikni amalga oshirish, ya’ni multimediali taqdimot materiallari; biologik jarayonlarning animatsiyasi; virtual laboratoriya va amaliy ishlar; ishlab chiqarish korxonalariga virtual ekskursiya; biologik jarayonlarning modellashtirilgan dasturlari; biologik jarayonlarning ta’limiy dasturlari; o’quvchilarning mavzular bo’yicha o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun nazorat dasturlari;


o’quvchilarning mustaqil ta’limi va ishi uchun o’quv-axborot saytlari; didaktik o’yinga asoslangan animatsiyalar; qiyinchilik darajasi turlicha bo’lgan ijodiy topshiriqlar dasturi; modul dasturlari orqali o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish-boshqarish; qo’shimcha materiallar to’plash va ular ustida mustaqil ishlash; didaktik o’yinlar, boshqotirmalarni yechish. Demak, biologiya fanini o’qitishda innovasion texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish, o’quvchilarning fan asoslarini o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Biologiya fanidan axborot komunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanish o’qitishning barcha shakllarida jumladan, darsda, darsdan, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda foydalanilishi mumkin.
Shuningdek, undan darsning barcha bosqichlarida, masalan, o’tgan mavzu
bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, yangi mavzuni o’rganish,
yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, nazorat qilish,
baholashda foydalansa bo’ladi.
2. Darsda o’quv dasturi talabalari asosida talim-tarbiya uzviyligini taminlash, bu jarayonda o’qitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali
o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DTS bilan meyorlangan talim
mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, manaviy-axloqiy tarbiyalash,
ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish amalga oshiriladi. Dars
jarayonida multimedia materiallaridan foydalanish orqali o'quvchilarning nazariy va amaliy olgan bilimlari bilan tarbiyaviy ko'nikmalarining sifatini yanada yaxshilaydi.
3.Biologiya fani bo’yicha video darslik animatsiyalar: biologiya xonasida, tirik
tabiyat burchagida, o’quv-tarbiya maydonlarida bajariladi. Sababi, o’simliklar va hayvonlar ustida olib boriladigan ko’pgina uzoq muddatli kuzatishlar o’quv
jadvaliga sig‘maydi. Biologiya kursini o’rganish davomida har bir o’quvchi
mikroskop bilan ishlash malakasiga ega bo’lishi kerak. Buning uchun o’qituvchi
navbat bilan 3-5 o’quvchining dars oldidan yoki darsdan so’ng mikroskop bilan
ishlashini tashkil etish kerak va bu ishlar aynan mustaqil ishlarni bajarish orqali ason amalga oshiriladi.
4.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Yosh biolog» va boshqa shularga o’xshagan devoriy gazetalarini chiqarish,
ularda biologiya fani soxasidagi yangiliklarni, har xil muommalarni, qiziqarli
voqiyolarni, turli axboratlarni berib borish, hisoblar bilan masalalarni,
krossvordlarni echish va boshqa turli xil ishlarni bajarish hamda ularni yozish
o’quvchilarning biologiya va boshqa fanlarni ham yaxshi o’zlashtirishiga yanada
qiziquvchanligini hosil qiladi. O‘quvchilar maqalolar yozishadi, gazetada berilgan
masalalarni, krossvordlarni echishadi va o’zlari ham masalalar va kronssvordlarni
tuzib gazetada chop ettirishni hohlaydilar.
9. Tayanch harakatlanish sistemasining tuzilishi
Dastlab o`quvchilarda tayanch harakatlanish sistemasining tarkibiy qismlari to`g`risida qay darajada tushunchaga ega ekanliklarini bilish maqsadida “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi.
Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullardan iborat.
Odam skeletining funksiyasi - ko'p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayanch va himoya funksiyasini bajaradi. Skeletning tayanch funksiyasi tufayli odam o'z qomatini to'g'ri tutadi. Skelet ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasi himoya qilish funksiya­sini ham o'taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagining miya qutisi iclida, orqa miya umurtqa pog'onasining kanalida; o'pkalar, traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko'krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan.
Suyaklarning ko'mik qismida qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab cliqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuzlar deposi (to'planadigan joy) bo'lib xizmat qiladi. Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir.
Tuzilishiga ko'ra, suyaklar naysimon, yassi, g'ovak va g'alvirsimon bo'ladi.
Naysimon suyaklar, o'z navbatida, ikki xil bo'ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo'l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
G'ovak suyaklar ham ikki xil: uzun g'ovak (qovurg'a, to'sh, o'mrov), kalta g'ovak (umurtqa, kaftusti suyaklari) bo'ladi.
Yassi suyaklar — bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklaridir.
G'alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag', peshana, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g'alvirsimon suyaklar. Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq suyaklari.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish