1
C, H, O, N
A
qon hosil qilishda
ishtirok
etadi
2
Na, K, Cl
B
tiroksin hosil bo‘lishida
ishtirok etadi
3
Ca va P
D
jinsiy gormonlar
faoliyatini oshiradi
4
Fe
E
fotosintezda ishtirok etadi
5
Mg
F
kislorodni tashishda
ishtirok etadi
6
Zn
G
suyak to‘qimalarini hosil
qilishda ishtirok etadi
7
J
H
membranalar orqali
moddalarning o‘tishini
ta’minlaydi
8
Co
I
barcha organik birikmalar
tarkibiga
kiradi
1- I
2-H
3-G
4-F
5-E
3.
Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada urug‘chili va
changchili organizmlar qizil rangga ega edi, lekin ular chatishtirilganda ¾ qizil, ¼ sariq pomidor hosil
bo‘ladi.
Ota-onaning va F
1
duragaylarning genotipini aniqlang.
A-qizil
F
1
a-sariq
P
♀
Aa x
♂
Aa
G
A, a A, a
A
a
A
AA - qizil
Aa - qizil
a
Aa - qizil
Aa - sariq
Javoblar tarqatilinmasin! Mualliflik huquqi qonun tomonidan himoyalangan.
Biologiya fanidan barcha sinflar uchun imtixon javoblari I-005
F
1
26-BILET
1. Moddalar almashinuvi nima? Uning jarayonlari va hujayradagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot
bering.
Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy
ravishda o‘zgarib turadi. Bu jarayon
moddalar almashinuvi
yoki
metabolizm
deb ataladi. Moddalar
almashinuvi tirik organizmning yashashi, o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishi va
tashqi muhit bilan doimo
aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning o‘zini o‘zi yangilashga, o‘ziga o‘xshash nasl
qoldirishga
olib keladi, ularning yashashi uchun zarur shart hisoblanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga
qarama-
qarshi, lekin o‘zaro bog‘langan ikki jarayonni o‘z ichiga oladi. Bular assimilyatsiya (anabolizm,
plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (katabolizm, energetik almashinuv) reaksiyalaridan iborat. Moddalar
almashinuvi organizmda ikkita: qurilish va energetik funksiyalarni bajaradi.
Plastik almashinuv
(anabolizm)
jarayonida tirik organizmlarda moddalarning hosil bo‘lishi, ya’ni sintezlanish jarayoni
kuzatiladi. Bunda
organizm tashqi muhitdan har xil moddalarni qabul qiladi va ularni o‘zlashtiradi. Bu o‘zlashtirilgan
mahsulotlar hujayrada kechadigan sintezlanish reaksiyalari uchun mahsulot sifatida sarf bo‘ladi. Hujayrada
oqsillar, uglevodlar, lipidla
r, nuklein kislotalar sintezlanadi. Ayniqsa, o‘sayotgan hujayralarda assimilyatsiya
reaksiyalari jadal boradi. Biosintez reaksiyalarining yig‘indisi plastik almashinuv yoki assimilyatsiya deb
ataladi.
Energetik almashinuv
(katabolizm). Hujayrada boradigan parchalanish jarayonini dissimilyatsiya,
katabolizm deb ham ataladi. Bu jarayonida moddalarning parchalanishi, ya’ni oqsillarni aminokislotalarga,
kraxmal
glukozaga, yog‘lar yog‘ kislotasi va glitseringacha parchalanadi. Dissimilyatsiya jarayonida
energiya
ajraladi. Bu reaksiyalarning biologik ahamiyati shundaki, ular hujayrani energiya bilan ta’minlaydi.
Har qanday harakat, plastik almashinuv jarayoni energiya sarfi bilan amalga oshadi. Parchalanish
reaksiyalarining yig‘indisi hujayrada
energiya almashinuv
i yoki dissimilyatsiya deyiladi. Dissimilyatsiya
assimilyatsiyaga qarama-
qarshi lekin o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Chunki har qanday
assimilyatsiya reaksiyalari uchun energiya sarflanishi kerak, bu energiya esa dissimilyatsiya
reaksiyalari
natijasida hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: