+ 6H
2
O
Bu jarayon yorug‘da ham, qorong‘uda ham amalga oshganligi uchun uni
qorong‘ulik
bosqichi deyiladi.
Fotosintezning ahamiyati. Fotosintez organik birikmalar va kislorodni yetkazib beradigan birdan-bir
manbadir. Fotosintezning umumiy mahsuldorlig
i nihoyatda yuqori bo‘lib, Yer yuzidagi o‘simliklar har yili
juda ko‘p uglerodni o‘zlashtiradi. Natijada har yili bir necha milliard tonna organik moddalar sintezlanadi.
O‘simliklarning yashil barglari ularga tushadigan quyosh energiyasining 1 foizini foto
sintez uchun sarflaydi
3. Daryo qisqichbaqasining somatik hujayrasida xromosomalar soni 116 ga teng. Mitozning profaza,
metafaza, anafaza va telofaza bosqichlarida xromosoma va DNK molekulasining sonini aniqlang.
PROFAZA
—
2n 4c 2n=116 4c=232
METAFAZA
—
2n 4c 2n=116 4c=232
ANAFAZA
—
4n 4c 4n=232 4c=232
TELOFAZA
—
2n 2c 2n=116 2c=116
21-BILET
Javoblar tarqatilinmasin! Mualliflik huquqi qonun tomonidan himoyalangan.
Biologiya fanidan barcha sinflar uchun imtixon javoblari I-005
1. Oqsillar tuzilishiga ko‘ra xillari va ularning elementar tarkibi haqida ma’lumot bering.
Oqsil molekulalarining tuzilish darajalarini tushuntirib bering.
Har bir tirik organizmda ko‘plab turli
-
tuman oqsillar bo‘ladi. Shu bilan birga har bir turda faqat uning o‘ziga
xos, alohida oqsil
lar bo‘ladi. Har xil hayvon turlarida bir xil vazifani bajaradigan oqsillarning o‘zi ham
birbiridan farq qiladi. Masalan, barcha umurtqali hayvonlar - baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar,
qushlar, sut emizuvchilarning eritrotsitlarida gemoglobin oq
sili bo‘ladi, u barcha hayvonlarda bir xil vazifani
bajaradi, ya’ni kislorod tashiydi. Biroq, har bir turdagi hayvonning o‘ziga xos, alohida tuzilishi va xossalari
jihatidan boshqa hayvonlarning gemoglobinidan farq qiladigan gemoglobini bor. Oqsil molekulasining
tuzilishini to‘la izohlab berish uchun uning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi tuzilishlarini bilish kerak.
Bulardan birinchisi eng oddiysi polipeptid zanjiri, ya’ni peptid bog‘lar bilan o‘zaro bog‘langan
aminokislotalar zanjiridan iboratdir. Bu tuzilish oqsilning
birlamchi tuzilishi
deb ataladi. Birlamchi
tuzilishda aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘i orqali birikkan bo‘ladi. Polipeptid zanjiri ko‘pincha to‘liq va
qisman spiral bo‘lib buraladi. Bu oqsilning
ikkilamchi tuzilishidir
. Bunda aminokislota radikallari spiral
tashqarisida qoladi. Spiral o‘ramlari zich bo‘lib joylashadi. Bir marta buralgan spiralda turgan NH
-guruhlari
bilan qo‘shni o‘ramdagi CO
-
guruhi o‘rtasida vodorod bog‘lari hosil bo‘ladi. Vodorod bog‘lari kovalent
bog‘larga qaraganda ancha bo‘sh, lekin ular juda ko‘p takrorlanadi, shu sababli mustahkam bog‘ hosil qiladi.
Ikkilamchi tuzilishli oqsillarga keratin, kollagen misol bo‘la oladi. Polipeptid spirali yana taxlanib boradi. U
har bir oqsilda ma’lum ravishda, o‘ziga xos tarzda o‘ralad
i. Natijada
uchlamchi tuzilishi
deb ataladigan shakl
vujudga keladi. Aminokislota radikallari orasida vujudga keladigan gidrofob bog‘lar uchlamchi tuzilishni
saqlab turadi. Uchlamchi tuzilishli oqsilga mushak oqsilli - mioglobin misoldir. Ikkilamchi va uchlamchi
tuzilishlar hosil bo‘lishida vodorod, ionli, disulfid, gidrofob bog‘lar muhim rol o‘ynaydi. Oqsilning
to‘rtlamchi tuzilishi
- bir necha polipeptid zanjiridan tuzilgan murakkab oqsillarda kuzatiladi. Bu zanjirlar
gidrofob, ionli, vodorod bog‘lar orqali birikkan. Muhit sharoitiga qarab bu bo‘laklar qo‘shilib (assotsatsiya)
yoki ajralishib (dissotsatsiya) turadi. Bunga gemoglobin misol bo‘ladi.
Aminokislotalar
asosan bir xil sxemada tuzilgan.
1) molekulaning bir uchida karboksil guruhlar (COOH) joylashgan; 2) karboksil guruh yonida aminogruppa
(NH
2
) joylashgan. Barcha aminokislotalarda amino-
karboksil guruh bir xil bo‘ladi, ular bir
-biridan faqat
radikallarining tuzilishi bilangina farqla- nadi. Shunday qilib aminokislotaning umumiy formulasini
quyidagicha yozish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |