Javoblar tarqatilinmasin! Mualliflik huquqi qonun tomonidan himoyalangan. Biologiya fanidan barcha sinflar uchun imtixon javoblari I-005 1mol-------------6 mol O
2
2mol--------------x=12mol O
2
Javob: a) 10mol sut kislota, 12 mol CO
2
b) 10+76=86 mol ATF
c) 86*40=3440 kj energiya
d) 12mol O
2
sarf bo’lgan
17-BILET 1. Hujayrada oqsillar qanday funksiyalarni bajaradi? Hujayrada oqsillar turli xil funksiyalarni bajaradi. Qurilish funksiyasi-oqsillar hujayra va uning organoidlari
membranasini hamda membranasiz organoidlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Oqsil membraning ajralmas
qismidir. Oqsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri katalizatorlik funksiyasidir. Hujayra
katalizatorlari odatda fermentlar deb ataladi. Hujayrada kechadigan moddalar almashinuvi jarayonini
fermentlar ta’minlab beradi. Barcha fermentlar oqsil tabiatga ega bo‘lib hujayraning o‘zida sintezlanadi.
Hujayra ichida fermentlar bir vaqtning o‘zida yuzlab minglab reaksiyalarni tezlatadi. Signal funksiyasihujayra
membranasining yuza qismida o‘zining uchlamchi strukturasini tashqi muhit omillari ta’sirida
o‘zgartira oladigan oqsil (radopsin) molekulalari joylashgan. Tashqi muhitdan signallar qabul qilish va
hujayraga axborot berib turish oqsil strukturalarni o‘zgarishi orqali amalga oshadi. Hara
kat funksiyasiyuksak
hayvonlarning hujayralari uchun zarur bo‘lgan harakatlarining hamma turlari, sodda hayvonlarda
kipriklarning tebranishi, xivchinlarning harakatlanishi maxsus qisqaruvchi oqsillar faoliyati tufayli amalga
oshadi. Transport funksiyasi-bu
oqsillarning o‘ziga kimyoviy elementlar yoki biologik faol moddalarni
biriktirib olishi va xilma-
xil to‘qima hamda organlarga yetkazib berishidir. Eritrotsit tarkibidagi gemoglobin
oqsili kislorodni biriktirib olib barcha to‘qima va organlarga tashib bera
di, organlar faoliyati natijasida hosil
bo‘lgan karbonat angidrid gazini o‘pkaga olib keladi. Himoya funksiyasi
- organizmga yot zarrachalar,
begona oqsillar yoki mikroorganizmlar o‘tganda leykositlardan antitana va antitoksinlar ishlab chiqib ularga
qarsh
i kurashadi. Antitana va antitoksinlar ta’sirida immunitet hosil bo‘ladi. Zaxira funksiyasi
-ayrim oqsillar
sut, tuxum, o‘simlik donlarida zaxira holatda to‘planib embrion, murtak uchun ozuqa sifatida sarf bo‘ladi.
Energetik funksiyasi-oqsillar muhim energi
ya manbayi hamdir. 1 g oqsil kislorod ta’sirida to‘liq
parchalanganda 17,6 kJ energiya ajralib chiqadi. Oqsillar gormon vazifasini ham bajaradi. Masalan, insulin
gormoni oqsil tabiatiga ega bo‘lib, qonda glukoza miqdorini nazorat qilib turadi.