3. Tana massasi 70 kg bo‘lgan odamning bir kunlik qabul qilg an oziq moddalarining parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya miqdori 3000 kkal ni tashkil etsa, shu odamning asosiy moddalar almashinuvi uchun ketgan kkal energiya necha % ni tashkil etadi? Asosiy moddalar almashinuvi uchun 1680 kkal
sarflanadi.
3000kkal----------------100%
1680kkal----------------
x=56%
15-BILET 1. Jins genetikasi. Odamda jinsga bog‘liq holda irsiylanadigan kasalliklar, jinsiy xromosomalar va autosomalarga ta’rif bering. Jins tuxum hujayra urug'langandan keyin ma’lum bo'ladi. Ayrim jin
sli organizmlarda (jumladan odamda
ham) jinslar nisbati odatda 1:1 ni tashkil etadi. Ko'pchilik ayrim jinsli organizmlarning erkak va
urg'ochilarida xromosomalari bir xil emas. Ana shu tafovutlar bilan drozofiladagi xromosomalar soni
misolida tanishib chiq
aylik. Drozofilada xromosoma to‘plami diploid holda 8 ta bo‘ladi. Uch juft
xromosomalari jihatidan olganda erkak va urg'ochi organizmlarda bir-biridan farq qilmaydi. Lekin bir juft
xususiga kelganda muhim tafovutlar mavjud. Urg'ochisida ikkita bir xil (juft) tayoqchasimon xromosomalar
bor; erkagida bunday xromosoma faqat bitta, uning juftini ikki yelkali alohida bir xromosoma tashkil etadi.
Erkaklari bilan urg‘ochilarida farq qilmaydigan, bir xildagi xromosomalar
autosomalar deb ataladi.
Erkaklari bilan urg
‘ochilarida bir
-biridan farq qiladigan xromosomalar esa
jinsiy xromosomalar deyiladi.
Shunday qilib, drozofilaning xromosomalar soni oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil
topadi. Urg‘ochi pashshada qo‘shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda bo‘ladigan
tayoqchasimon jinsiy xromosoma X-xromosoma, ikkinchi jinsi
y xromosoma (urg‘ochi pashshada
bo‘lmaydigan, erkak pashshada ikki yelkali bo‘ladigan xromosoma) Y
-xromosoma deyiladi. Jins
belgilanishining xromosoma mexanizmi odamda ham xuddi drozofiladagi kabi bir xil. Odam
xromosomalarining diploid soni - 46 ta. Shu songa 22 juft autosoma va 2 ta jinsiy xro mosoma kiradi.
Ayollarda jinsiy xromosomalar XX, erkaklarda - XY-
xromosomadan iborat bo'ladi. Shunga ko‘ra,
erkaklarda ikki xil spermatozoidlar - X va Y-xromosomali spermatozoidlar hosil bo'ladi. Odamda ham jinsiy
x
romosomalarda joylashgan genlar jinsga bog‘liq holda irsiylanishi isbot etildi. Masalan, odamda
gemofiliya (qonning ivimasligi) hamda
daltonizm (qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik) kasalliklarini belgilovchi
genlar X-xromosomada joylashgan. Bu kasalliklar jinsga bog'liq holda irsiylanadi.