Biologiya 9-sinf


 Belgilarning birikkan holda irsiylanishini misollar orqali tushuntiring



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/54
Sana21.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#568860
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
bellashuv uz- - -9-sinf-biologiya (1)

2. Belgilarning birikkan holda irsiylanishini misollar orqali tushuntiring. 
Genlar bir xromosomada bo‘lganda nasldan naslga o‘tish qonuniyatlari haqidagi masalani T. Morgan va
uning shogirdlari mukammal o‘rganishgan. Ular o‘z tadqiqotlarini 
asosan drozofila meva pashshasida olib 
borishgan. Drozofila meva pashshasi genetik tadqiqotlar uchun juda qulay. Drozofila laboratoriya sharoitida 
oson ko‘payadi, serpusht bo‘ladi: ular 25
-
26 °C da har 10
-15 kunda yangi nasl beradi, irsiy belgilari juda 
ko
‘p va turli
-
tuman, xromosomalari oz (diploid soni 8 ta) bo‘ladi. Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, bir
xromosomada joylashgan genlar birikkan genlar bo‘ladi, ya’ni mustaqil taqsimlanmay, asosan, birgalikda
nasldan naslga o'tadi. Buni aniq misolda ko'rib chiqamiz. Agar kulrang tanali va normal qanotli drozofila 
bilan qoramtir tanali va kalta qanotli drozofila chatishtirilsa, duragaylarning birinchi avlodidagi barcha 
pashshalar kulrang tanali va normal qanotli bo'lib chiqadi. Bu ikki juft allel bo'yicha geterozigotadir (kulrang 
tana, qoramtir tana va normal qanot, kalta qanot). Tahliliy chatishtirish o'tkazishda digeterozigota (kulrang 
tanali va normal qanotli) urg'ochi pashshalarni retsessiv belgili qoramtir tanali va kalta qanotli erkak 
pashshalar bilan chatishtiramiz. Mendelning ikkinchi qonuni bo'yicha naslda to'rt xil fenotipli: 25 % normal 
qanotli kulrang tanali, 25 % kalta qanotli kulrang tanali, 25 % normal qanotli qoramtir tanali va 25 % kalta 
qanotli qoramtir tanali pashshalar olinishi kerak edi. Lekin Morganning olib borgan tajribalarida esa 
butunlay boshqacha natija olingan. Bu misolda bekross chatishtirishda diduragaydagi kabi to'rtta emas, balki 
ikkita genotipik guruh ajralib chiqdi. Ulardan biri kulrang tanali normal qanotli, ikkinchisi esa qora tanali 
kalta qanotli edi. Nisbat 1:1 bo'ldi. Bu A-B va a-b genlari birikkan holda irsiylanishidan dalolat edi. Bunday 
irsiylanish to'liq birikkan holda irsiylanish hisoblanadi. Bu dalillarga asoslanib, Morgan birikkan holda 
irsiylanish qonunini kashf etdi. Morgan va uning shogirdlari bir xromosomada joylashgan genlar ba’zan 
birbiridan ajralgan holda irsiylanishlari mumkin ekanligini ham isbotladilar. Buning sababi gomologik 
xromosomalardagi birikkan genlar meyoz jarayonida krossingover tufayli ayrim qismlari bilan o'zaro 


almashinuvidir. Ularni krossingoverga uchragan gametalar deyiladi. Chunki gomologik xromosomalar 
o'xshash uchastkalari bilan almashinuv natijasida xromosomalar strukturaviy qayta tuzilgan bo'lib, ularda 
birikkan genlar krossingover tufayli ajralib, yangi o'zgargan variantda o'zaro birikadilar. Natijada, bekkross 
chatishtirish uchun olingan organizm to'rt xil: ikkita krossingoverga uchramagan, ikkita krossingoverga 
uchragan gameta hosil qiladi. 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish