3
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari,
shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy
qilinishi bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda.
Axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda ta’lim
oluvchilar tomonidan yangi
bilimlarni tezda o‘zlashtirib olishlari uchun o‘quv adabiyotlarining turli shakllaridan
foydalanishlari talab etiladi. Axborot texnologiyalari asosida yaratilgan o‘quv adabiyotlarni
mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish,
yangi bilimlarni turli o‘quv manbalardan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni talab
etadi.
Elektron ta’lim resursi - universal dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lib, u muayyan
kasbiy faoliyat bo‘yicha axborot, bilim berish va o‘zlashtiril-gan
bilimlarni nazorat qilishni
avtomatlashtirishga imkon beradi.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez
o‘zgaruvchan, chuqurlashtirilib o‘qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha
elektron o‘quv adabiyotlarini tayyorlash o‘qitish jarayonida yaxshi samara beradi. Olib
borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, integrativ (an’anaviy
– masofaviy) texnologiyalar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish natijasida
o‘quvchilarning mustaqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
O‘quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha
tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari
va didaktikasi yoritilgan manba bo‘lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) va
elektron o‘quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari - ta’lim oluvchilarning yoshi va
psixo-fiziologik
xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa
ko‘rsatkichlarni hisobga olgan qog‘ozda chop etiladigan manbadir.
Elektron o‘quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni
jamlash, tasvirlash,
yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat
qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining quyidagi
turlari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami,
ma’ruzalar kursi, ma’ruzalar to‘plami, metodik ko‘rsatma, metodik qo‘llanma, sharh,
dayjest,
elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.