DETAL CHIZMALARI
Detal chizmasi - detalning tasviri, uni tayyorlash va nazorat qilish uchun kerak bo‘lgan
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat .
Yig‘ish chizmasi
- buyumning tasviri, uni tayyorlash, yig‘ish va nazo-rat qilish uchun
kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat. Yig‘ish chizmalariga gidrom-
ontaj, pnevmomontaj, elektromontaj kabi chizma- larni ham kiritish mumkin (6.1-shakl).
6.1-shakl
Umumiy ko‘rinish chizmasi
- buyum konstruksiyasi asosiy tarkibiy qism- larining o‘za-
ro bog‘lanishi va buyumning ishlash prinsiplarini aniqlovchi huj¬jat.
Nazariy chizma -
buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini aniq¬lovchi hujjat.
Gabarit chizma
- buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va uning gabarit,
o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari ko‘rsatilgan hujjat.
Montaj chizmasi
- buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va bu-yumning montaji
(o‘rnatilishi) uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjat. Montaj chizmalarga buyumni
o‘rnatish uchun alohida tuzilgan poydevor chiz- malarini ham kiritish mumkin.
Sxema
- buyum yoki uning qismlari va ularning o‘zaro bog‘lani shining shartli ravishda
tasviri ko‘rsatilgan hujjat.
87
Muhandislik va kompyuter grafikasi
6.2-shakl
Spetsifikatsiya - yig‘ish birligi, komplekt va komplekslarning tarkibini aniqlovchi hujjat,
masalan, yig‘ish chizmalari uchun tuziladigan spetsifikatsiya (6.2-shakl).
88
Muhandislik va kompyuter grafikasi
YIG‘ISH CHIZMASI DETALLARGA AJRATISH
Konstruktorlik hujjatlari loyihalash darajasiga qarab loyiha va ish chizma- lariga bo‘lina-
di.
Loyiha hujjatlariga texnikaviy takliflar, eskiz va loyihalar kiradi. Ish huj- jatlariga (chizma
-
lar) buyumlar va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish, nazorat qilish, ishlatishda va
ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ish hujjatlari chiz- malari kiradi.
6.3-shakl
6.3-shaklda blokning tarkibiy qismlari namoyon qilinadi.
Ushbu shakldan ko’rinib turibdiki, tanadagi (2) alohida yig’ma rollarda o’rnatish mav
-
jud. Bu tsilindrni (1), ichki teshikdan (9) bosilgandan iborat bo’ladi. G’ildirakga (5) o’rnatil
-
gan va qaytishi mumkin.
Eksa bo’yicha (4) kiritilgan bir truba o’rnatiladi. Bar ikki vint (7) yordamida tanaga birik
-
tiriladi. Bu o’qning gorizontal harakatlanishiga xalaqit beradi. Tanasi to’rtta muvat (6) va
gayka (8) yordamida qo’llab-quvvatlanadi (3).
Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlanib sotuvga chiqadigan mahsulot umumiy nom
bilan buyum deyiladi (6.3-shakl).
Bir xil nomli va markali materialdan, yig‘ish jarayonidan foydalanmasdan tayyorlangan
buyumlar (masalan, dasta, tiqin, korpus, gayka kabilar) detal deb ataladi.
89
Muhandislik va kompyuter grafikasi
6.4-shakl
6.5-shakl
90
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Detallardagi ma’lum maqsadlar uchun o‘yilgan ariqcha, rezba, faska va shu kabilar de-
tal elementlari deyiladi (6.6-shakl).
6.6-shakl
Ma’lumki, buyum biror maqsadni amalga oshirish uchun tayyorlanadi. Undagi detal-
lar shu buyumning doimiy ishlashini ta’minlaydi. Detal ele-mentlari shu detalning yaxshi
ishlashi uchun xizmat qiladi. Buyumning yig‘ish chizmalarini tuzish, o‘qish va detallarga
ajratib chizishda, har bir detal va uning elementlarining tuzilishini yaxshi bilish kerak. Shu
maqsad- da detal va uning elementlari nomlari ko‘rsatilgan.
Texnikada eng ko‘p vtulka deb nomlanuvchi detal qo‘llaniladi (6.6-shakl). U mashinan-
ing o‘q yo‘nalishidagi (bo‘ylama) teshikli silindrik
yoki konussimon shaklli detali. sirpanish podshipniklarida ishlatiladigan, mahkamlash
(tebranish podshipniklari halqalari, val, o‘q- larning qismlarida), o‘tish vtulkalari (dastgoh
shpindeliga konussimon quyruqli asboblarni o‘rnatish uchun) va boshqa turlari mavjud.
91
Muhandislik va kompyuter grafikasi
6.7-shakl 6.8-shakl
Tarkibiy qismlari yig‘ish jarayonlari bilan mustahkamlangan buyumlar, masalan, avto-
mobil, traktor, go‘shtqiymalagich, jo‘mrak kabilar
Do'stlaringiz bilan baham: |