Mantiqiy qonunlar - insonning tafakkuriga, fikr yuritish jarayoniga xos boʻlgan qonunlar. Mantiyey qonun tushunchasi fikrlar orasidagi zaruriy bogʻlanishni anglatadi. Mantiqiy qonunlar faqat tafakkurda amal qiladi va fikrning toʻgʻri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz asoslangan boʻlishini taʼminlaydi. Tafakkur qonunlari obʼyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan, ularda insonning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatining koʻp asrlik tajribasi qayd etilgan. Mantiqiy qonunlar mantiq ilmida oʻrganiladi. Mantiqiy qonunlar, asosan, toʻrtta: ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni (baʼzi adabiyotlarda ziddiyatsizlik qonuni deb ataladi), uchinchisi istisno qonuni, yetarli asos qonuni. Ulardan dastlabki uchtasini Aristotel birinchi boʻlib taʼriflab bergan. Turtinchisini V. Leybnits kashf etgan. Mantiqiy qonunlarga amal qilish voqelikni bilishning muhim shartlaridan biri boʻlib, toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam beradi.
3-Topshiriq
Estetik anglash, estetik jarayonni tashkil etishi barobarida estetik munosabatni yuzaga keltiradi, ongning ana shu faoliyati ichki nafosatni shakllntiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, estetik anglash faqat estetik qadriyatlar yoxud obyektlarni idrok etishda emas, balki yangi estetik qadriyatlar yaratishda ham faol ishtirok qiladi, ya’ni u estetik faoliyat jarayonida o’zining doimiy ulushiga ega: san’at asarining dunyoga kelishida, turmush sharoitini, ishlab chiqarishning go’zllashuvida va shunga o’xshash holatlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Fojiaviylik muammosi har doim falsafiy - estetik tafakkur sohiblarining e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha ijodkorlar yaratgan asarlarida fojiali ohanglar mavjud. Masalan, o’zbek adibi Maqsud Shayxzodaning “ Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug’bek” asarlarida fojiali ohanglar boshdan oyoq sezilib turadi. Mazkur dramalar maxsus fojia asari sifatida yaratilmagan bo’lsa ham, aslida, fojiali ohanglar ularda ustuvor darajada ifodalangan. Shayxzoda kabi ijodkor fojialilik ruhida idrok etishga moyildir. San’atning turi namoyon bo’ladigan fojiali to’qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to’la va chuqur badiiy ini’kos etishdan kelib chiqadi. Sofoklning fojeiy asarlari, Shekspirnikidan qanchalik farqlanmasin, ular o’rtasida umumiylik baribir mavjuddir. Har qanday fojia zaminida alohida fojiali tanashuv yotadi va uning eng muhim tomoni ko’lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir.Tubanlik – insonda kuchli nafratlanish tuyg’ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. Nafosatshunoslik kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his – tuyg’u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha: uni xunuklik bilan aynanlashtirib bo’lmaydi. Chunki, xunuklik kishilarda yengil noxushlik tuyg’usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissni uyg’otadi. Tabiat, hayvonot va nabobat olamidagi xunuklik tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib yetadi. Daryoning suvi loyqalangani, ko’kalamzorlarga to’kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunik ko’ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson tabiatidagi yovuz maylni qo’zg’altirib yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi. Ayniqsa, mamlakat boshiga og’ir kulfat tushganda undan o’z moddiy manfaatlari yo’lida foyfalanuvchi kimsalar ( 2001 – yil 11 – sentabrda Aqshda sodir bo’lgan fojia sabab o’g’ri “ tadbirkorlar” magazinlarni talashgan edi – H. B. ) tubanlikka misol bo’ladi. Jamiyatdagi ulug’vorlik umuminsoniy qadriyatlar, qahramonlik, jasorat,xalqparvarlik, bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg’unlashadi. Davlatda barqarorlik, jamiyatda adolat ustuvorligi, shaxsning erkin va hurfikirlilik asosida faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning ulug’vorligini aks ettiradi.
4-Topshiriq
Do'stlaringiz bilan baham: |