To‘g‘ri javob – C.
“Hayvonlarning paydo bo‘lishi” asari muallifi Aristotel, “O‘simliklar anatomiyasi” asari
N.Gryu qalamiga mansub. Ch.Darvin “O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan
changlanishning ta’siri” asarini yozgan.
Manba:
Biologiya. A.G‘afurov va boshqalar. O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik “Sharq” nashriyoti-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2017.
10.
Yopishqoq lishaynik tanasida suvo‘t va zamburug‘larning birga hayot kechirishi
organizmlar o‘zaro munosabatining qaysi turiga misol bo‘ladi?
A) mutualizm
B) neytralizm
C) o‘zaro raqobat
D) parazitizm
To‘g‘ri javob – A.
Mutualizm
(lotincha “
mutus”
– o‘zaro) – har ikki populatsiya uchun o‘zaro manfaatli va
majburiy munosabat turi. Bu munosabatlarning buzilishi bir yoki har ikkala populatsiya hayotiy
faoliyatini cheklab qo‘yadi. Mutualizmga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Lishayniklar tanasidagi zamburug‘ va suvo‘tining o‘zaro simbioz usulda yashashi misol
bo‘ladi. Zamburug‘ mitselliylari suv va unda erigan mineral tuzlarni shimib, suvo‘tining yashashi
uchun sharoit yaratadi. Suvo‘tida sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni natijasida sintezlangan
uglevodlar zamburug‘ning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishiga zamin tayyorlaydi.
Neytralizm
– bitta tabiiy jamoada yashaydigan organizmlar orasida har qanday foydali
yoki zararli o‘zaro ta’sirning mavjud emasligi hisoblanadi. Bir ekosistemada yashaydigan, lekin
har xil oziq bilan oziqlanuvchi turlarning hayoti ko‘pincha bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi.
Parazitizm
(“parazit – xo‘jayin”) – har xil turga mansub individlarning antagonistik
munosabatlari bo‘lib, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan
(xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi. Zamburug‘ning oziqlanishi, o‘sishi
va rivojlanishiga zamin tayyorlaydi.
O‘zaro raqobat
– o‘xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar orasidagi munosabatlardir.
Bunday turlar birga yashaganda birining mavjudligi hamma vaqt ikkinchisining yashash
imkoniyatlarini kamaytiradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, B, C, D javoblar xato hisoblanadi.
Manba:
Biologiya. A.G‘afurov va boshqalar. О‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun darslik “Sharq” nashriyoti-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-2018
Do'stlaringiz bilan baham: |