Osteoklastlar, osteoklastotsitlar (yunon. osteon - suyak, clasio - parchalanish, yemirilish) -bu hujayralar ohaklangan tog`ay va suyak to`qimalarining yemirilishida aktiv ishtirok etadi. Ular makrofaglarning maxsus bir turi bo`lib, embrionda mezenxima hujayralaridan, so`ngra esa monotsitlardan hosil bo`ladi. Hujayralarning eng yirigi 100 mkm ga yetishi mumkin. Shakli esa noto`g`ri yumaloq bo`lib, juda ko`p yadroga ega. Elektron mikroskop ostida osteoklastlar sitoplazmasi bir necha zonadan iborat ekanligi ko`rinadi. Ularning suyakning yemirilayotgan yuzasiga bevosita tegib turgan qismn burmalar va so`rg`ichsimon o`siqlar hosil qtslib, burmador hoshiyali yuzani tashkil etadi. Bu yuzani qoplab turuvchi va shu bilan osteoklastni suyak to`qimasiga germetik yopishtiruvchi ikkinchi zonada organellalar deyarli bo`lmaydi. Bu oqish zona bo`lib, unda faqat aktin saqlovchi microfilamentlar uchraydi. Oqish zona aniq bir chegarasiz keyingi, vezikulyar zonaga o`tad. Bu zonada mayda pufakchalar va vakuolalar mavjuddir. Hujayra sitoplazmasining burmador yuzasiga qarama-qarshi joylashgan qismi bazal yuzani tashkil etadi. Bu yuza boshqalardan farq qilib, organellalarga boy bo`ladi. Unda ko`p sonli mitoxondriyalarni, yaxshi rivojlangan donador endoplazmatik tur va Golji kompleksini, lizosomalarni, hujayra markazini, ko`p miqdorda ribosoma va polisomalarni ko`rish mumkin. Shuning uchun bazal yuzani hujayraning energiya markazi va sekretsiya jarayonida ishtirok etuvchi asosiy qismi deb hisoblash mumkin. Osteoklastlarning suyak to`qimasi bilan uchrashgan yerida o`yiqlar hosil bo`ladi (lat.- lacuna). Osteoklastlarning suyak to`qimasini yemirish va fagotsitoz qilish mexanizmi to`la o`rganilmagan. Bu jarayonda osteoklastlar ajratib chiqaradigan CO2 muhim rol o`ynaydi, deb hisoblanadi. CO2 karbongidraza fermenti ta’sirida H2CO3 kislotasini hosil qiladi. Bu kislota suyak to`tsimasidagi organik moddalarnikg yemirilishiga va suyakda kaltsiy tuzlarning erishiga olib keladi. Suyak to`qimasining parchalanishida H2CO3 va limon kislotasining asosiy rolini osteoklastlar burmador hoshiyali yuzasida pH past (kislotali) bo`lishi ham tasdiqlaydi. Parchalanish natijasida hosil bo`lgan moddalarni osteoklastlar fagotsitoz qiladi, natijada devori tekis bo`lmagan keng kanallar hosil bo`ladi.
82. Plastinkasimon suyakning тузилиши. Остеон.
Suyak devorining o`rta qavatini osteonlar hosil qilib, ular kompakt suyakning struktura birligi hisoblanadi (87-rasm). Osteonlar ham plastinkalardan iborat bo`lib, ular konsentrik halqalar sifatida qon tomirlarni o`rab joylashadi. Osteon markazida qon tomirlar joylashib, devori esa qalinligi 5-20 mkm bo`lgan, bir-birining ichiga kirgan silindrlar sistemasidan tuzilgan. Osteon halqalarini hosil qilgan palstinkalarning ossein tolalari o`z yo`nalishiga ega bo`lgani uchun suyakning bo`ylama va ko`ndalang kesmalarida plastinkalarni aniq ajratish mumkin. Osteonlar bir-biriga zich tegib yotmaydi, balki ular orasida konsentrik halqa hosil qilmaydigan suyak plastinkalari joylashadi. Bu plastinkalar oraliq yoki interstitsial plastinkalar deb nomlanadi.
Naysimon suyakning markazida endost bilan qoplangan suyak ko`migi kanali joylashib, u bilan osteon sistemasi oralig`ida ichki umumiy suyak plastinkalari joylashadi. Bu plastinkalar sistemasi kompakt suyak moddasi suyak ko`migi kanali bilan bevosita chegaralangan joylardagina yaxshi rivojlangan bo`ladi. Kompakt modda g`ovak moddaga o`tadigan joylarda esa ichki plastinkalar g`ovak modda plastinkalariga davom etib ketadi.
Naysimon suyaklarda osteonlar suyakning uzun o`qiga parallel joylashib, ular o`zaro anastomozlar orqgli tutashadi. Bu anastomozlar tashqi umumiy plastinkalarga kiruvchi kanallar sin-gari qon tomir saqlagann uchun oziqlantiruvchi kanallar deb nomlanadi. Osteon kanallaridagi qon tomirlar o`zaro bog`lanibgina qolmay, ular suyak ko`migi va suyak usti pardasining qon to-mirlari bilan ham birlashgandir. Suyak usti pardasida oziqlantiruvchi qon tomirlar va nerv tolalari ham joylashgan. Bu yerda miyelinli va miyelinsiz nerv tolalarining chigallari mavjud. Nerv tolalarining bir qismi qon tomirlar bilan tashqi umumiy plastinkalar orqali osteon kanaliga, u yerdan esa suyak ko`migiga yetib boradi. Nerv tolalarnning bir qismi esa suyak usti pardasida erkin va kapsulaga o`ralgan nerv oxirlarini hosil qiladi.
83. Plastinkasimon suyak to’qimasi. Найсимон суякнинг диафизини тузилиши.
Ma’lumki, naysimon suyakda anatomik jihatdan diafiz va epifiz qismlari tafovut etiladi. Diafiz qismi naysimon shaklda bo`lib, devori kompakt qismdan tashkil topgan. Kompakt moddasi esa bir-biriga juda ham zich birlashib ketgan suyak plastinkalaridan tashkil topgan (86-rasm). Epifizlar esa tashki tomonidan yupqa kompakt suyak bilan qoplangan bo`lib, ichki tomoni g`ovak moddadan tashkil topgan. Suyak tashqi tomonidan yupqa biriktiruvchi to`qima parda ya’ni suyak usti yupqa pardasi (periost) bilan o`ralgan.