Hujayralararo modda. Hujayralararo modda - tolalar va asosiy moddadan tashkil topgan. Gialin tog`ayda II tip kollagen (xondrin) tolalar bo`lsa, elastik tog`ayda kollagen tolalar bilan bir qatorda elastik tolalar ham juda ko`p. Xondrin tolalarnilg tuzilishi asl biriktiruvchi to`qimanichg kollagen tolalarini eslatadi. Kollagen tolalarning nur sindirish qobiliyati asosiy moddanikiga taxminan teng bo`lgani uchun ular oddiy yorug`lik mikroskopi ostida ko`rinmaydi. Hujapralarzro moddaning bo`shliq devorlariga yaqin qismlari atrofidagi hujayra-lararo moddadan nurni kuchli sindirish qobiliyati bilan farq qiladi. Bu qavat tog`ay hujayralariga kapsula bo`lib xizmat qiladi. Hujayralararo modda oqsillarga, lipidlarga, glikozaminoglikan va proteoglikanlarga boydir. Glikozaminoglikanlar asosan sulfatlangan bo`lib, o`z ichiga xondroitinsulfatlarni, keratin sulfatni va gialuron kislotasini oladi. Sulfatlangan glikozaminoglikanlar nofibrillyar oqsillar bilan birikib proteoglikanlarni hosil qiladi. Asosan hujayralararo moddasining tuzilishiga qarab, tog`ayning uch turi: 1) gialin (shishasimon); 2) elastik (to`rsimon); 3) tolali (kollagen tolali) turlari farqlanadi.
Tog`ay to`qimasi embrion davrida mezenximadan rivojlanadi. o`lajak tog`ay to`qimasi hosil bo`ladigan joylarda mezenxima hujayralari ko`payib, o`simtalarini yo`qotadi va bir-biriga zich yetadi. Mezenximaning bu qismi xondrogen yoki skeletogen kurtak deyiladi.
Keyingi bosqichda mezenxima hujayralari hujayralararo modda hosil qila oladigan tog`ay hujayralari - prexondroblast va xondroblastlarga differensiallanadi. Hujayralararo modda yangi hosil buladigan kollagen tolalar bilan birga tayanch vazifasini ham o`taydi. Hujayralararo moddaning shu davrda oksifil bo`yalishi bu hujayralar tomonidan fibrillyar oqsil ishlab chiqarilishiga bog`liq. Tog`ay hujayralari hujayralararo modda ishlab chiqarishni davom ettiradi va bir-biridan uzoqlashadi.
Hujairalararo moddada yangi kollagen tolalarning shakllanishi amorf moddaning o`zgarishlari bilan bog`liq. Tog`ay hujayralarining keyingi differensiallanishi amorf moddada glikozaminoglikanlarning (asosan, xondroitinsulfatlarning) sintezlanishiga olib keladi. Xondroitinsulfatlzr nofibrillyar oqsillar bilan birikib, proteoglikanlarni hosil qiladi. Pro-teoglikanlar amorf modda vakollagen tolalarga shimiladi, natijada, kollagen tolalar oddiy mikroskop ostida ko`rinmaydigan bo`lib qoladi.
Yosh tog`ayning hujayralari mitotik bo`linishda davom etib, yangi-yangi hujayralarni hosil qiladi. Bu hujayralar izogen gruppalarni vujudga keltiradi. Bu jarayon tog`ayning ichki ta-rafdan o`sishini belgilaydi. Intussustseptsion yoki interstitsial (lat. intus-ichki, suscipio - ishtirok) o`sish go`daklik davrida va yosh bolalarda kuzatiladi.
Skeletogen kurtakni o`rab turgan mezenxima hujayralari ham ko`payishda davom etadi va hujayralararo modda hosil qiladi. Natijada, skeletogen kurtak bu hujayralar hisobiga ham kengayadi. Tog`ayning bu usulda o`sishini appozitsion (latincha appositi - tashqi tarafdan) o`sish deyiladi. Tog`ay kurtakni qoplab turgai mezenxima hujayralari zichlashadi va tog`ay usti pardasini hosil qiladn. Tog`ay o`sishining oxirgi bosqichida to`qimaning o`sishi va unnng oziq biLan ta’minoti orasida tafovut ro`y beradi. Tog`ay markazidagi hujayralar ko`payishdan to`xtaydi. Proteoglikanlar esa oksifil bo`yaluvchi oddiy oqsil - albuminga aylanadi. Qari kishilarda va kasallarda tog`ay hujayra oralits moddasiga kaltsiy tuzlari o`tirishi natijasida asbestli distrofiya hosil bo`ladi. Ba’zi hollarda (kuchli rivojlangan distrofiyada) tog`ay ichnga qon tomirlar o`sib kirib, tog`ay to`qimasining suyak to`qimasiga aylanishi kuzatiladi.
Turli ta’sirlar natijasida jarohatlangan tog`ay regeneratsiya qobiliyatiga ega. Tog`ay regeneratsiyasida perixondrda joylashgan hujayralar muhim o`rin tutadi. Bu hujayralar tog`ap hujayralariga aylanadi, ular orasida esa tog`ayning hujayralararo moddasi shakllanib, jarohatlangan tog`ay tiklanadi
65. Толали бириктирувчи тўқима классификацияси
60 va 61 ga qarang
66. Retikulyar to’qimasining жойлашиши, тузилиши ва функцияси