Biologik kimyo


Genetik kod va uning xossalari



Download 11,71 Mb.
bet86/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

Genetik kod va uning xossalari. tRNK ning adaptorlik vazifasini tadqiq etish natijasida bu yuksak darajadagi mexanizmning poydevori bo`lgan genetik(biologik) kod, ya’ni aminokislota, oqsil kodi tushunchasi va uning ishlash usuli haqida samarali, yangi bir soha dunyoga keldi. Genetik kod deganda kodonlarning ma’lum bir aminokislotaga mos kelishi tushuniladi. Genetik kod 64 ta nukleotid yordamida yozilgan matnni 20 ta aminokislota yordamida yozilgan

177


oqsil matniga tarjima qiluvchi o`ziga xos lug`atdir. Oqsilda uchraydigan boshqa aminokislotalar 20 ta aminokislotadan birini o`zgarishidan hosil bo`ladi.

Genetik kod quyidagi xossalarga ega:





  1. Tripletlik – har bir aminokislotaga uchta nukleotid mos keladi. 4³ = 64 ta kodon mavjud bo`lib, ulardan 61 tasi ma’noli va 3 tasi ma’nosiz

(terminatsiyalovchi) kodonlardir.2. Ortiqchaligi – aminokislotalar bir nechta kodonga ega. Ma’lum bo`lishicha 20 ta aminokislotadan 18 tasi bittadan ortiq (2,3,4 va 6) kodonga mos kelar ekan. Bu holat kodni ayniganligi deb belgilanadi. U axborotni to`g`ri o`qishga xalal bermaydi, balki replikatsiya yoki transkriptsiya jarayonida paydo bo`lishi mumkin bo`lgan xatolardan holi bo`lishga yordam beradi. 64 ta tripletdan uchtasi UAA, UAG, UGA aminokislotalarni kodlamaydi va polipeptid zanjir sintezi tugaganidan xabar beadi, ular terminatsiya (tugash) signalini beradilar.


Agar aminokislotani bir nechta kodon kodlasa, aksari bu kodonlar uchinchi harf, ya’ni 3¹-oxiridagi nukleotid bo`yicha farq qiladi. Masalan, alaninni GSU, GSS, GSA va GSG kodonlari kodlaydi; ko`rinib turibdiki, ularning hammasida birinchi turgan ikki harf bir xil, farq faqat uchinchi nukleotiddadir. Demak, har bir kodonning spetsifikligi asosan birinchi tartibda keladigan ikki harf bilan belgilanadi, 3¹-oxiridagi nukleotidning spetsifikligi nisbiydir.



178


3. Qoplanmaganligi – genetik matnning har bir tripleti bir-biridan mustaqil ravishda joylashgan bo`ladi. Keyingi vaqtdagi ma’lumotlarga asosan ba’zi hollarda kodlar bir-birini qoplagan bo`lishi ham mumkin ekan.



  1. O`ziga xosligi – har bir aminokislotaga faqat ma’lum bir kodonlar mos

keladi va bu kodonlar boshqa aminokislotalar uchun foydalanilmaydi.





  1. Kolienarligi – mRNK dagi kodonlar qatorining ketma-ketligini oqsildagi aminokislotalarga mos kelishi.




  1. Universalligi – genetik kodning yuqorida sanab o`tilgan xossalari hamma tirik organizmlar uchun xos. Hamma organizmlarda - eukariotlarda, prokariotlarda va viruslarda ham barcha kodonlar uchun bir xil belgilardan foydalaniladi. Binobarin, genetik kod dunyoda paydo bo`lganidan beri o`zgarmay hukmronlik qilmoqda. Ammo keyingi yillarda bu dogmaga bir oz o`zgartirish kiritishga to`g`ri keldi. Mitoxondriyalarning genetik sistemasi ma’lum biologik kodga to`la mos

kelmaydi. Uning DNK si (15669 nukleotid) ning ayrim genlari nukleotid tartibini polipeptidlarning aminokislota tartibi bilan solishtirilganda koddan chetlashishlar mavjud ekanligi aniqlandi.





Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish