Biologik kimyo


Fermentlarning ferment bo`lmagan katalizatorlarga o`xshashligi va farqlari



Download 11,71 Mb.
bet46/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

Fermentlarning ferment bo`lmagan katalizatorlarga o`xshashligi va farqlari. Fermentlar va ferment bo`lmagan katalizatorlar katalizning umumiy qonuniyatlariga bo`ysungan holda quyidagi o`xshashliklarga ega:

83


  1. Fermentlar faqat energetik imkoniyati bor reaktsiyalarni katalizlaydi.




  1. Ular hech qachon reaktsiya yo`nalishini o`zgartirmaydi.




  1. Fermentlar qaytar reaktsiya muvozanat holatini o`zgartirmasdan reaktsiyani tezlatadi.




  1. Ular reaktsiya jarayonida sarf bo`lmaydilar. Shu sababli hujayradagi ferment

biror bir parchalanish ta’siriga uchramaguncha ishlayveradi.


Ammo ferment biologik bo`lmagan katalizatordan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Farqlar fermentlarning murakkab oqsil molekulasi ekanligi va tuzilishining o`ziga xosligiga bog`liq.





  1. Fermentativ kataliz tezligi biologik bo`lmagan katalizatorlarga nisbatan ancha yuqori. Bunga sabab fermentlar oddiy katalizatorlarga nisbatan reaktsiyaning faollanish energiyasini yuqori darajada kamaytiradi. Masalan, vodorod peroksidining parchalanish reaktsiyasida faollanish energiyasi 75,3 kJ/mol bo`lib, uning ixtiyoriy parchalanishi juda sekinligi natijasida pufakcha holatida ajralib chiqayotgan kislorod umuman sezilmaydi. Reaktsiyaga anorganik katalizator – temir yoki platina qo`shilsa, faollanish energiyasi 54,1 kJ/mol ga kamayadi, reaktsiya esa 1000 marta tezlashadi va pufakcha holida ajralib chiqayotgan kislorod ko`rinadi. Vodorod peroksidini parchalovchi katalaza fermenti faollanish energiyasini 4 marta pasaytirgani holda peroksidning parchalanish reaktsiyasini milliard marta tezlashtiradi. Reaktsiya yuqori darajada jadallik bilan borishi natijasida ajralib chiqayotgan kislorod pufakchalari

―qaynayotgan‖ga o`xshaydi.


Bitta ferment molekulasi odatdagi tana harorati (37°C) da, bir daqiqa davomida moddaning mingdan milliongacha molekulalarini katalizlashi mumkin. Anorganik katalizatorlar bunday tezlikdagi katalizga ega emas.





  1. Fermentlar yuqori darajadagi spesifiklikka ega, ya’ni ularning katalitik ta’siri ma’lum turdagi kimyoviy reaktsiya bilan chegaralanadi. Ayrim fermentlar

moddaning faqat birgina stereoizomeriga ta’sir qilgan, platina turli xil


reaktsiyalarda katalizator sifatida ishlatiladi, Fermentlarning yuqori darajadagi



84

spesifikligi moddalar almashinuvini qat’iy oqim bo`yicha yo`naltirishga imkon beradi.



  1. Fermentlar kimyoviy reaktsiyalarni ―yumshoq‖ sharoitda, ya’ni odatdagi bosim, yuqori bo`lmagan harorat (37°C atrofida) va muhit pH i neytralga yaqin bo`lgan sharoitda katalizlaydi. Bu xossalari bilan ular katta bosim, muhit pH i va

harorat yuqori bo`lgan sharoitlarda ta’sir qiladigan katalizatorlardan farq qiladi. Fermentlar oqsil tabiatli bo`lganligi sababli harorat va muhit pH ining o`zgarishiga sezuvchanligi nisbatan baland.





  1. Fermentlar faolligini boshqarish mumkin, ushbu xususiyat anorganik katalizatorlarga xos emas. Fermentlar organizm moddalar almashinuvi tezligini muhit sharoitiga qarab o`zgartira oladi, ya’ni turli xil omillar ta’siriga

moslashishiga imkon yaratadi.





  1. Fermentativ reaktsiya tezligi ferment miqdoriga to`g`ri proporsional, anorganik katalizatorlarda esa bunday mutanosiblik yo`q. Mazkur ko`rsatkich ferment miqdori kamayganda organizmda moddalar almashinuvi tezligini pasayganligini va aksincha, qo`shimcha ferment miqdorini organizm hujayralarini sharoitga moslashish imkoniyatini oshganligini bildiradi.




Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish