Biologik kimyo



Download 11,71 Mb.
bet179/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

Nazorat savollari



  1. Yog` kislotalar sintezining o`ziga xos xususiyatlari nimada?




  1. Yog` kislotalari qaysi ferment yordamida sintezlanadi va bu ferment tuzilishiga ko`ra qanday ferment?




  1. Yog` kislotalar sintezi qanday reaktsiya bosqichlaridan iborat?




  1. Triglitseridlar biosintezi uchun qanday moddalar kerak?




  1. Fosfolipidlar va triglitseridlar sintezining umumiy yo`llari qanday?




  1. Fosfolipidlar necha xil usulda sintezlanadi?




  1. Keton tanachalar hosil bo`lish mexanizmi qanday?




  1. Xolesterin biosintezi qanday amalga oshadi?




  1. Organizmdagi lipidlar almashinuvi qanday boshqariladi?

10. Lipidlar almashinuvi kasalliklarining kelib chiqish sabablari nimada?


11. Lipotrop omillarga nimalar kiradi?



360


12-bob. Oqsillar metabolizmi
12.1. Oqsillarning biologik ahamiyati. Azot balansi
Oqsillar tarkibida azot saqlovchi, murakkab qurilishga ega bo`lgan moddalar bo`lib, organizm modda almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Odam hayot faoliyatida oqsillar almashinuvi barcha biokimyoviy jarayonlarda markaziy rol o`naydi. Shunday ekan, organizmga tashqi muhitdan kiritilayotgan oziq – ovqat mahsulotlarining biologik qimmatiga etibor berilishi kerak. Oziq – ovqat mahsulotlarining biologik qimmati ulardagi azot miqdoriga bog`liq. Odam salomatligini saqlash va uning ishlash qobiliyatini ta`minlashda oziqa tarkibidagi oqsil normasini aniqlash lozim. Aqliy mehnat bilan shug`ullanuvchi va o`rtacha jismoniy faoliyatga ega bo`lgan katta yoshdagi odamda sarflanadigan energiya qiymati 12000 kJ ga teng bo`lsa, sutkasiga 80 – 100g oqsil iste`mol qilish kerak bo`ladi. Mehnat sharoiti o`zgarib, energiya sarflanish yuqori bo`lsa, ushbu me`yor har bir 2100 kJ hisobiga 10 g ga oshadi. Og`ir jismoniy ish bajaruvchi ishchilar sutkasiga 120-140 g oqsil iste`mol qilishi kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida, shuningdek, ayrim patologik holatlarda (organizm siydik, ekssudatlar bilan oqsil yo`qotsa, masalan: nefritlarda, og`ir infektsion kasalliklarda, kuyganda, jarohatlanganda va hokazo) oqsilga bo`lgan ehtiyoj keskin ortadi.

Bolalarning oqsilga bo`lgan ehtiyoji birinchi navbatda ularning yoshi va tana og`irligi bilan aniqlanadi. Tananing har bir kg og`irligiga 1.5 g dan oqsil qo`shiladi. Hattoki, go`dak bolalar ham sutkasiga 55-72 g oqsil qabul qilinishlari lozim. Yoshi ulg`aygan sari (12-15 yoshgacha) oqsil normasi katta yoshdagi odam me`yoriga yetadi. Oqsilga bo`lgan ehtiyoj ma`lum darajada sutkalik ratsionning kaloriyasiga ham bog`liq. Agar ovqatlanish kaloriyasi yetarli bo`lmasa, oqsillar birinchi navbatda organizmning energetik ehtiyojlarini qondirishga sarflanib, anabolik jarayonlarda foydalanilmaydi.


Organizmda oqsil almashinuvi faqat ovqat bilan qabul qilinadigan oqsil miqdoriga bog`liq bo`lmay, uning tarkibiy sifatiga ham bog`liqdir. Xilma-xil



361


oqsillar turlicha biologik qiymatga ega. Shunga ko`ra organizm plastik ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil ovqat oqsillarini iste`mol qilishi lozim. Iste`mol qilinadigan ovqat oqsilining aminokislota tarkibi tana oqsillari aminokislota tarkibiga qanchalik yaqin bo`lsa, ularning biologik qiymati shunchalik yuqoridir. Ammo ovqat oqsilining o`zlashtirilish darajasi uning oshqozon-ichak yo`li fermentlari ta`sirida parchalanishiga ham bog`liq. Qator

oqsil moddalari, masalan, jun, soch va boshqalar tana oqsillari aminokislotasi tarkibiga yaqin bo`lishiga qaramay, ovqat oqsili sifatida ishlatilmaydi. Chunki ular ichak proteazalari ta`sirida gidrolizlanmaydi. Shuning uchun ham go`sht, sut, tuxum oqsillarini biologik qiymati birmuncha yuqori, chunki ularning aminokislota


tarkibi tana oqsillari aminokislotasi tarkibiga yaqin va ichak fermentlari ta`sirida oson parchalanadi.


Oziqa aralashmasida almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalardan birortasi bo`lmasa, organizmda manfiy azot balansi paydo bo`lib, ozib ketish, o`sishdan to`xtash, asab tizimining buzilish holatlari kuzatiladi.





Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish