COOH
|
Laktatdegidrogenaza
|
COOH
|
|
|
|
|
C = O
|
NAD∙H + H+ ↔ NAD+
|
HC–OH
|
|
|
|
|
CH3
|
CH3
|
|
piruvat
|
|
laktat
|
283
3 – tur. Piruvatni oksidlanishli dekarboksillanishi kuzatiladi. Jarayon murakkab poliferment piruvatdegidrogenazali kompleks (PDGK) reaktsiyalari so`ngida mitoxondriyada sirka kislotasining faol formasi – atsetilkoenzim A (atsetil-KoA) hosil bo`ladi.
CH3-C-COOH
|
CH3-C~SKoA + CO2+ NAD∙H + H
|
|
piruvatdegidrogenazakompleksi
|
+
|
║
|
E1-TPF; E2-LK SS; KoA-SH;
|
║
|
O
|
E3-FAD; NAD+
|
O
|
piruvat
|
atsetil-KoA
|
Atsetil-KoA mitoxondriyada Krebs siklida oxirgi mahsulot CO2 va H2O gacha oksidlanadi.
8.5. Pеntozofosfatli sikl
Glikoliz mexanizmi muhokama qilinayotgan vaqtda Varburg glikoliz zanjiriga ta`luq bo`lmagan ferment– glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza va koferment sifatida NADF glyukoza oksidlanishini katalizlovchi xususiyatini aniqladi. Natijada glyukozani aerob oksidlanishi va pentozalarni hosil bo`lishida o`zaro bog`liqlik borligi isbotlandi.
To`qimalarda uglevodlar parchalanishini bir nechta yo`llari ma`lum. Bular asosan glikoliz va uning varianti glikogenoliz hisoblanadi. Agar parchalanish reaktsiyasi glyukozadan boshlansa–glikoliz, glikogendan boshlansa glikogenoliz deb nomlanadi.
Uglevodlarning organizm to`qimalarida o`zgarishining birinchi turi glikоliz; parchalanishining ikkinchi turi pеntоzofоsfatli sikl hisоblanadi.
Uglevodlarni to`g`ri oksidlanishli yo`li yoki boshqacha qilib aytganda,
to`qimalarda uglevodlarni parchalanishini pentozofosfatli yo`li ochilishida asosiy rol o`ynagan olimlar nomi bilan atalib – VARBURG-DIKKENS-XOREKER-ENGEL`GARD sikli deyiladi.
Pentozofosfat siklini yana glyukozani ―apotomik parchalanishi‖ geksozomonofosfatli yoki fosfoglyukonatli shunt ham deb ataladi. Pentozofosfat hosil qilish yo`li bilan glyukozaning parchalanishi hujayra sitoplazmasida sodir bo`ladi.
Siklning bosqichli reaktsiyasi geksozomonofosfat hosil bo`lishidan boshlanadi. Pentozofosfatli yo`l bilan glyukozani oksidlanish ko`rsatkichi unchalik katta emas, ularning miqdori turli organizmlarda turlicha bo`lib, to`qima turi va uning funktsional holatiga bog`liq.
Pentozafosfat siklining barcha bosqichli reaktsiyalari amalga oshishi uchun geksokinaza yoki glyukokinaza fermenti ta`sirida glyukozadan hosil bo`lgan glyukozo-6-fosfatdan kamida 3 molekula talab qilinadi. Ushbu yo`l glyukozaning asosiy aerob parchalanishidagi glyukozo-6-fosfatni hosil bo`lishidan farqlana boshlaydi.
Pentozofosfatli sikl polifermentli sistema hisoblanib, oraliq mahsulotlari sifatida pentozofosfatlar qatnashadi. Moddalar almashinuvida ushbu yo`lning biologik ahamiyati juda katta. Organizmni NADFH2 ga bo`lgan ehtiyojining taxminan 50% i pentozofosfatli sikl hisobiga erishiladi.
Uglevodlar metabolizmida asosiy rol glyukozo – 6 – fosfatga tegishli, chunki glyukoza jigarda faqat glyukozo – 6 – fosfat holida bo`ladi. Pеntozofosfatli sikl jarayonida 3 molеkula glyukozo-6-fosfatdan ikki molеkula fruktozo-6-fosfat, bir molеkula glitsеraldegid-3-fosfat va 3 molеkula uglеrod (II) -oksidi hosil bo`ladi. Bundan tashqari 18 molekula ATF bilan ta`minlovchi birinchi va uchinchi
reaktsiyalarda umumiy 6 molekula NADF+ kofermentidan 6 molekula qaytarilgan NADF∙H2 hosil bo`ladi.
Pеntozofosfatli siklning umumiy tеnglamasi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |