4.17. – rasm. Oqsil sintezini boshqarilishidagi repressiya mexanizmi
Eukariotlardagi oqsil sintezining boshqarilish mexanizmi prokariotlarga nisbatan kam o`rganilgan. Yuqori darajadagi hayvon va o`simliklarda xromatinni tuzilishi bakteriyalardagiga nisbatan murakkab. Bundan tashqari xromatinning membrana bilan o`ralgan yadroda joylashganligi genetik axborotning sitoplazmaga
– oqsil sintezlanadigan joyga o`tishini qiyinlashtiradi. Eukariotlarda bakteriya repressorlariga o`xshash boshqaruvchi oqsillar topilmagan.
Gen faolligining boshqaruvchilari. Ma’lumki, DNK xromatin strukturasi tuzilishida gistonlar, giston bo`lmagan oqsillar va oz miqdorda RNK bilan kompleks holida uchraydi. Mulohazalarga ko`ra, xromatin oqsillari faqat struktura oqsili emas, balki DNK ga bog`liq RNK-polimeraza yordamida xromatinning
ma’lum bir genlarining transkriptsiyasini yengillashtirishda yoki qiyinlashtirishda boshqaruvchi vazifasini ham bajaradi.
Gistonlar transkriptsiyaning salbiy boshqaruvchilari hisoblanadi (bakteriyalardagi repressorlarga o`xshash). Ularning musbat zaryadi DNK ning manfiy zaryadlangan fosfat qoldiqlari bilan bog`lanadi va transkriptsiyani
blokirlaydi, ya’ni nusxa ko`chirish uchun DNK qismlarini matritsa sifatida ishlatilishiga yo`l qo`ymaydi. Transkriptsiyaning deblokirovkasi yoki derepressiyasi DNK bilan gistonlarning bog`i kuchsizlanganda ro`y beradi.
Gistonlar xromatin transkriptoni boshqarilishida ishtirok etadi, ammo ular gen boshqarilishining o`ziga xosligi (spetsifikligi)ni ta’minlay olmaydilar.
Giston bo`lmagan oqsillar xilma-xil bo`lganligi uchun ular transkriptsiyaning o`ziga xos boshqaruvchilari vazifasini bajaradi, deb hisoblanadi. Bunday oqsillar o`zida manfiy zaryad saqlab, DNK ning istalgan qismi bilan emas, balki spetsifik qismi bilan bog`lanadi. Giston bo`lmagan oqsillar ijobiy boshqaruvchilar hisoblanib, DNK bilan bog`langan joylarida transkriptsiyani yengillashtiradilar. Ammo ularning transkriptsiyaga ta’sir mexanizmi aniqlanmagan. Ayniqsa, fosforillangan giston bo`lmagan oqsillar samarali ravishda transkriptsiyani faollaydilar.
Shunday qilib transkriptsiyani boshqarilishida gistonlar RNK sintezini ingibirlaydilar, giston bo`lmagan oqsillar esa bunga qarshilik qiladilar.
Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida odam organizmiga ta’sir etmay, bakteriyalarda nuklein kislotasi va oqsil biosintezi jarayonini tormozlovchi ko`pgina antibiotiklar qo`llaniladi. Antibiotiklar nuklein kislotalar va oqsil biosintezining muhim reaktsiyalariga ta’sir etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |