Gistaminning hosil bo`lishi. Gistamin deyarli barcha to`qima va organlar tarkibida bor. Orqa miya va bosh niya osti qurilmalarida o`pka va teri to`qimalariga nisbatan ko`proq. Gistamin biriktiruvchi to`qimalarning semiz hujayralarida oqsil-geparin
kompleksi ko`rinishida katta miqdorda hosil bo`ladi va semiz to`qimalarda to`plangan gistamin uni ozod qiluvchi deb nomlangan–(liberatorlar) moddalar ta`sirida ajralib chiqadi.
Gistamin gistidindekarboksilaza ta`sirida gistidindan sintezlanadi.
-
N – C–CH2–CH–COOH
|
|
N–C–CH2–CH2
|
║
|
║
|
׀
|
|
║ ║
|
׀
|
CH
|
CH
|
NH2
|
|
CH CH
|
NH2
|
\
|
/
|
|
– CO2
|
\ /
|
|
NH
|
|
|
NH
|
|
Gistidin
|
|
|
Gistamin
|
|
Katta miqdorda oshqozon shilliq qavatida sintezlangan gistamin pepsin va xlorid kislota sekretsiyasiga stimullovchi ta`sir ko`rsatadi. Oz miqdorda qon plazmasi va boshqa biologik suyuqliklarda ham uchraydi.
Gistaminni quyidagi ta`sir qilish spektri mavjud: arteriola kapillyarlarni kengaytirib, qon bosimini tushiradi; kapillyarlar o`tkazuvchanligini oshiradi; oshqozon shirasi va so`lakni ajralishini kuchaytiradi bosh miya kapillyarlarini toraytiradi, bosh miya ichki bosimi ko`tarilishiga va bosh og`rig`i paydo bo`lishiga olib keladi; o`pka silliq mushaklarini qisqartirib nafas qisishi va bo`g`ilishga sabab bo`ladi;
Gistamin allergik reaktsiyalar mediatori, patologik jarayonlarda katta miqdorda ajratiladi. Bunday holatlarda antigistamin dori-darmonlar qo`llaniladi. Ba`zi antigen moddalar –oqsil tabiatli, polisaxaridli antigenlar, bir qancha dorilar qabul qilinganda organizmda o`ta sezuvchanlik – sensibilizatsiya kuzatiladi. Ushbu antigenni organizmga bir necha daqiqa oralig`ida tushishi kuzatilsa, gistamin ―shoki‖ deb ataluvchi hayot uchun o`ta xavfli jarayon ya`ni anafilaktik va allergik reaktsiyalar boshlanishi mumkin. Reaktsiyalar asosida semiz hujayralardan ajralib chiqayotgan gistamin yotishi aniqlangan. Shu kabi reaktsiyalarni oldini olish, davolashda asosan – sanorin, pifolfen, dimedrol, glyukokortikoidlar va boshqa antigistamin preparatlaridan foydalaniladi.
387
Serotoninni triptofandan hosil bo`lishi
Katta yoshli odamlarda serotoninni taxminan 90 % ichak entroxromofin hujayralarida saqlanadi. Qolgan qismi esa qora taloq, jigar, buyrak, o`pkada, markaziy nerv sistemasi va qon trombotsitlariga taqsimlanadi. Serotonin – gipotalamusda, bosh miya po`stlog`ini kulrang qavatida hosil bo`ladi. Serotonin qon bosimi ko`tarilishi va bronxlarni torayishida qatnashadi. Nerv sistemasida serotonin mediator rolini bajaradi. Markaziy nerv sistemasiga ta`siri uning miqdoriga bog`liq, kichik dozalari pasaytirsa, katta dozalari aksincha, faoliyatini stimullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |