Fosfolipid
|
Kalamush
|
Eritrositlar
|
E.coli
|
jigari
|
|
|
|
Fosfatidiletanolamin
|
11
|
15
|
80
|
(kefalin)
|
|
|
|
Fosfatidilxolin
|
18
|
31
|
–
|
(letsitin)
|
|
|
|
Fosfatidilinozit
|
10
|
7
|
–
|
Fosfatidilsеrin
|
9
|
13
|
–
|
Xolesterin
|
30
|
24
|
–
|
Sfingomiyelin
|
14
|
8,5
|
–
|
9.7. Sfingolipidlar (sfingofosfolipidlar)
Sfingomielinlar keng tarqalgan sfingolipidlar bo`lib, qurilishida glitserin o`rnida
uzun zanjirli amino spirt
sfingozin turadi.
Sfingolipidlar membranalar tarkibidagi lipidlarning 2-chi muhim sinfidir. Ular qutbli ―boshcha‖ va qutbsiz ―dum‖ ga ega.
Sfingozin yuqori molеkulali ikki atomli amino spirtdir.
Sfingolipidlar sfingomiеlinlar (sfingofosfatidlar) va glikosfingolipidlarga bo`linadi. Sfingomiеlinlar strukturasida qo`shimcha guruh sifatida fosfoxolin qatnashadi, glikolipidlarda esa fosfat guruhi yo`q.
Sfingomiеlinlar nеrv tolalarida, bosh miyada, o`pkada, jigarda , buyrakda , qora taloqda, qon va boshqa a`zolarda ham uchraydilar. Qon plazmasida va eritrotsitlar qobig`ida nisbatan ko`p bo`lib, qondagi lipidlar umumiy miqdorini 18-15 % ni, eritrotsit qobig`ida esa 30-40 % ni tashkil qiladi.
9.8. Glikolipidlar
Glikolipidlar –uglevod va lipidlarning murakkab birikmasi, miya to`qimasi va nerv tolalarining tarkibiga kiradi. Ular quyidagi 3 turkumga ajratiladi:
1. Serebrozidlar tarkibida fosfat kislotasi ham, xolin ham bo`lmaydi. Ular strukturasidagi geksoza sfingozinning gidroksil guruhi bilan efir bog`i bo`yicha, yog` kislota qoldig`i esa sfingozinning aminoguruhi orqali birikkan. Serebrozidlar birinchi bo`lib bosh miyada topilgan, nomi ham shundan kelib chiqqan. Ularning uglevod qismi asosan galaktozadan, kamdan-kam hollarda glyukozadan iborat.
Sulfatidlar yani sulfolipidlar – serebrozidlarning sulfatli unumlari, kationlarni nerv tolalari va membranalar orqali tashilishida ishtirok etadi. Shuning uchun ham sulfolipidlar nerv sistemasining normal elektr faoliyati uchun kerak.
Gangliozidlar. Gangliozidlar yuqori molekulali glikolipid bo`lib, tarkibida boshqa glikosfingolipidlarga nisbatan turli xil monosaxaridlardan tashkil topgan oligosaxaridlar bor. Qurilishidagi galaktozamin, sial kislota, sirka hamda neyramin kislotalari birikmasidan iborat. Neyramin kislotasi esa mannozamin va pirouzum
kislotasi unumi. Gangliozidlar miyaning kulrang moddasida, nerv hujayralarining plazmatik membranalarida ko`proq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: