Hayvonotlar biologik resurslarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, insonning quyidagi bir qator muhim hayotiy ehtiyojlarini qondiradi:
har yili dunyo bo‘yicha insoniyat tomonidan 180 mln. tonna oqsillarga boy go‘sht, yog‘, tuxum, baliq, asal kabi oziq-ovqat mahsulotlari hayvon va hasharotlardan olinadi;
teri, mo‘yna, ipak, mum, bo‘yoq, o‘g‘it, chorva ozuqasi va boshqa xom ashyolar tayyorlanadi;
yuqori mahsuldor xonaki hayvonlar zotlarini yaratadi va yaxshilangan genofond sifatida foydalanadi;
farmatsevtika, parfyumeriya (ilon va ari zahari, chumoli spirti, lok-bo‘yoq va boshqalar) xom ashyolari ajratib olinadi;
turli ilmiy-tadqiqot ishlari, tajribalar o‘tkazishda, turli fermentlar ajratib olish maqsadida foylalaniladi;
rekreatsiya (dam olish, sog‘lomlashtirish va estetik huzurlanish) maqsadida foydalaniladi.
O‘zbekiston faunasi rang-barang bo‘lib, unda 650 dan ziyod umurtqali va salkam 32,5 ming turdagi umurtqasiz hayvonlar uchraydi. Jumladan, umurtqalilardan 99 turi sut emizuvchilar, 410 turi qushlar, 79 turi baliqlar, 57 turi sudraluvchilar va 3 turi amfibiyalardir.
Hayvonlarni muhofazalash va ulardan oqilona foydalanish atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
- ovchilik va baliq ovlashni tartibga solish;
- hayvonlar keng tarqalgan hududlarning ekologik sharoitlarini yaxshilash;
- hayvonlarning foydali va zararli turlarini ilmiy asosda to‘g‘ri aniqlash, ular sonini va ekotizimdagi mutanosibligini ta’minlash;
- hayvonlarni tabiiy va antronogen (texnogen) ofatlardan himoyalash;
- hayvonlarni akklimatizatsiiya va reakklimatizatsiyalashni ilmiy asosda tashkil etish;
- hayvonlar, qushlar va baliqlarning ko‘payishi, dam olishi, qishlash joylarini maxsus muhofazaga olish;
- hayvonlarning ko‘payishi va yashashi uchun maxsus sun’iy o‘rmonzorlar, o‘tloqlar, daraxtzorlar tashkil etish;
- hayvonlarning pestitsidlar va boshqa zaharli moddalardan zaharlanishini oldini olish;
- xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi qurilish va ishlab chiqarish jarayonlarida hayvonlarni muhofazalash talablariga qat’iy amal qilish;
- ko‘chmanchi hayvonlar, qushlar va baliqlarni samarali muhofazalash maqsadida xalqaro hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish;
- hayvonotlarni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya va ommaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish;
- hayvonotlarni muhofazalashga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularga rioya etilishini qat’iy nazorat ostiga olish.
Respublikamizda hayvonot dunyosini muhofazalashning huquqiy jihatlari «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi (1992), «Alohida muhofazalanadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi (1993), «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi (1997) qonuni, yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi (2016) qonunlarda va Respublika jinoyat kodeksining 4-qismida asoslab berilgan.
Tabiatni muhofaza qilish ishlari, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (1992-yil 9-dekabr), “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi (2004-yil 3-dekabr) Qonunlarga asosan, maxsus muhofazaga olingan hududlarni tashkil etish va tabiiy obyektlarni saqlash orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |