Biologik favqulodda holatlar


Favqulodda holatlarning rivojlanish bosqichlari



Download 91 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2022
Hajmi91 Kb.
#630258
1   2   3   4
Bog'liq
1460098671 64268

2. Favqulodda holatlarning rivojlanish bosqichlari
Favqulodda holatlarni kelib chiqish sabablari va turiga bog’liq bo’lmagan holda ularning rivojlanishini quyidagi to’rt bosqichga bo’lish mumkin: boshlanish (tug’ilish), inisirovka, kulminasion (rivojlanish davri) va so’nish bosqichlari.
Boshlanish (tug’ilish) bosqichi. Favqulodda holatlar uchun sharoit tug’ila boshlaydi; nomaqbul tabiiy jarayonlar faollashadi, bino va inshootlarning loyihaviy va ishlab chiqarish nuqsonlari va ko’plab texnik kamchiliklari yig’ila boshlaydi; jihozlar ishlashida uzilishlar sodir bo’ladi va hakoza.
Inisirovka bosqichida inson faoliyatining ta’siri ko’proq bo’ladi. Statistik ma’lumotlariga ko’ra ishlab chiqarishdagi avariyalarning 60 % ga yaqini ishchilarning xatosi va aybi bilan sodir bo’ladi.
Kulminasion bosqichda aholiga va atrof muhitga salbiy ta’sir etuvchi yerkin energiya yoki moddalar vujudga keladi, ya’ni favqulodda holatlar sodir bo’ladi. Favqulodda holatlarning asosiy xususiyatlaridan biri uning kechishini zanjir xaraktyerda ekanligidadir, ya’ni inisirovka hodisasining buzuvchi harakati enyergetik, zaharli va biologik faol komponentlar ta’sirida bir necha marta (ayrim hollarda yuz martagacha) kuchayadi.
So’nish bosqichida malum vaqt oralig’ida xavf manbasining va biologik faol komponentlar ta’sirida bir necha marta tarqalish chegarasi cheklanadi, yani favqulodda holatlar lokal xaraktyyerga o’tadi.
Favqulodda holatlarni barcha turdagi, ya’ni, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va boshqa oqibatlarini to’liq bartaraf etishga yillab, ba’zan esa o’n yillab vaqt talab qiladi. Favqulodda holatlar sodir bo’lishining aniq sharoitlardagi sabab oqibat zanjiri tarkibini va yuzaga kelish sharoitini bilish bunday hodisalarni sodir bo’lish xavfini kamaytiradi va favqulodda holatlar vaqtida hushyorlikni oshiradi.


.3. Geologik, meteorologik, biologik favqulodda holatlar
Geologik favqulodda holatlargavulqonlar otilishi va yer qimirlashlari kiradi. Yer qimirlashieng xavfli va vayron qiluvchi favqulodda holatdir. Yer qimirlaganda atrofni o’rab turgan fazoda seysmik zarb kuzatiladi, vulqonlar otilishi, sunamilar paydo bo’lishi, tog’ qatlamlarini so’rilishi, qor va muzliklarni ko’chishi va boshqa hodisalar ro’y berishi mumkin. Yer yuzasidagi yer qimirlash kuchini ball orqali ifodalash, uning ob’ektga ta’sirini esa yer qimirlashning intensivligi sifatida qabul qilingan. Yer qimirlash kuchi 1 dan 4 ballgacha bo’lganda binolar va inshootlarga zarar etmaydi, yer yuzasida va suvlarda o’zgarishlar kuzatilmaydi.
1 balli yer qimirlashda yer faqat maxsus moslamalar orqali aniqlanadigan sezilarsiz silkinadi.
2 ballik yer qimirlashni nihoyatda tinch holatda turgan kishilargina sezishi mumkin.
3 balli yer qimirlashni osilgan narsalarni juda yengil tebranishi orqali diqqat bilan turgan odamlar sezadi.
4 balli yer qimirlashini tinch turgan mashina va osilgan buyumlarni yengil silkinishi orqali sezish mumkin. 4 balli yer qimirlashni bino ichida o’tirgan ko’pchilik odamlar sezadi.
Yer qimirlashi 5 ball bo’lganda pollar va oraliq to’siqlar g’ichirlaydi; oynalarni zirillashi, ochiq dyeraza va eshiklarni harakatlanishi, oqmaydigan suv yuzasida kichik to’lqin hosil bo’lishi kuzatiladi, atrofdagi buyumlarni silkinishi sezilarli bo’ladi.
6 balli yer qimirlashi ko’pchilik binolarni yengil shikastlanishi, bir kavatli g’ishtli, toshli va paxsali uylarda etarlicha buzilishlar kuzatiladi. Nam yerdlarda 1 sm kenglikdagi yoriklar paydo bo’ladi. Xonadagi osilgan narsalar silkinadi, ba’zan kitob javonidan kitoblar, shkaflardagi idishlar qulaydi, yengil mebellar joyidan suriladi, yurayotgan odamlarni muvozanati buziladi.
Yer qimirlashi 7 ball bo’lganda binolar sezilarli darajada shikastlanadi, ayrim hollarda ular buziladi. Yo’llarda yoriqlar hosil bo’ladi, quvurlarga ulangan joyidan darz ketadi, toshli to’siqlar shikastlanadi. Quruq yerda ingichka yoriqlar hosil bo’ladi, yer cho’kishlari va ko’chkilari sodir bo’lishi mumkin. Suvlarning yangi manbalari hosil bo’lib esqilari yo’qoladi. Xonadagi osilgan buyumlar kuchli silkinadi, yengil mebellar joyidan siljiydi. Odamlar qo’shimcha tayanchlardan foydalanmasdan harakatlana olmaydi. Bunda xonadagi barcha odamlar xonani tark etishi lozim bo’ladi.
8 balli yer qimirlashda ko’pchilik binolarda etarlicha buzilishlar sodir bo’lishi, ayrimlari esa butunlay buzilishi mumkin. Tog’ qoyalarida va nam yerda ko’plab yoriqlar paydo bo’ladi; tog’ qatlamlarini ko’chishi kuzatiladi. Suv hovzalarida suv loyqalanadi, quduqlarda suv manbai va sathi o’zgaradi. Xonalardagi mebellar joyidan qo’zg’aladi, ba’zan qo’lab tushadi, yengil buyumlar joyidan sakrab turadi va og’naydi. Odamlar qiyinchilik bilan oyoqda tik turadi. Barcha odamlar xonani tark etishi lozim.
9 balli yer qimirlashda temir yo’llarni qiyshayishi, yo’llarning ustki qatlamini shikastlanishi, tutun chiqarish quvurlari va bashnyalarni buzilishi sodir bo’ladi. Ko’pchilik binolar qo’lab tushadi. Yerda kengligi 10 sm gacha bo’lgan darzlar hosil bo’ladi. Xonadagi mebellar qulaydi va sinadi. Hayvonlarning bezovtaligini oshishi kuzatiladi.
10 balli yer qimirlashi ko’plab binolarni vayron bo’lishiga, dambalarni sezilarli shikastlanishiga sabab bo’ladi, yo’llarga darz ketadi, tik turgan minoralar va boshqa minoralar, yodgorliklar, haykallar qulaydi. Yerda eni 1 m gacha bo’lgan yoriqlar hosil bo’ladi. Qoyalarni va dengiz qirg’oqlarini qulashi, yangi ko’llarni paydo bo’lishi va boshqa shunga o’xshash holatlar kuzatiladi. Hayvonlarning inoqligi buzilib, o’zaro agressivligi kuchayadi.
11 balli qimirlashda binolarni umumiy vayron bo’lishiga sabab bo’ladi. Quvurlar butunlay ishdan chiqadi. Katta masofadagi temir yo’li yaroqsiz holatga keladi. Yerning yuzasida ko’psonli yoriqlar hosil bo’ladi, yerning yuza qatlamida vyertikal siljishlar ro’y beradi. Suv manbalarining rejimlarida kuchli o’zgarishlar sodir bo’ladi, suv hovzalarining va yer osti suvlarining sathi o’zgaradi. Xonalarda, qurilish vayronalari ostida sezilarli darajada odamlarni halok bo’lishi va hayvonlarni yo’qotilishi sodir bo’ladi.
12 balli yer qimirlashda bino va inshootlar butunlay vayron bo’ladi. Aholining sezilarli qismi kuchkilardan halok bo’ladi. Yer qatlamida vyertikal va gorizontal darzlar va siljishlar hosil bo’ladi. Ko’llar, sharsharalar hosil bo’ladi, daryolarning oqim yo’nalishlari o’zgaradi. Tog’li rayonlarda hayvonlar, o’simliklar ko’chkilardan halok va nobud bo’ladi.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish