Kalsiy yetishmovchiligi diagnostikasi
Raxitning ilk belgilari yoki talvasalar boshlanganini sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling. Kalsiy miqdorini tekshirish uchun:
Umumiy qon analizi, undagi gemoglobin miqdori;
Bolalarda siydik orqali Sulkovich sinamasi o‘tkazish yo‘li bilan siydik bilan ajralib chiqayotgan kalsiy miqdori o‘rganish;
Periferik venoz qondagi kalsiy miqdorini tekshirish – 6 oygacha bo‘lgan bolalarda normal ko‘rsatkich 2,25-2,5 mmol/l bo‘ladi.
Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini davolash va profilaktikasi
Ayolning homiladorlik vaqtida va farzand dunyoga keltirgandan keyin ham iste’mol qilayotgan mahsulotlari tarkibida kalsiy miqdori yetarlicha bo‘lishi kerak. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligining profilaktikasi, uning ona qornidaligi vaqtidan boshlanishi kerak. Har bir homilador ayol homiladorlikning 28-32 haftasidan boshlab har kuni D3 vitaminini, 6-8 hafta davomida qabul qilishi zarur. Bolaning sog‘lom dunyoga kelganda ham profilaktika maqsadida 2-3 oyligidan boshlab D3 vitaminini qabul qilib turishi kerak. Kuz-qish mavsumida har bir sog‘lom tug‘ilgan bolakaylarga profilaktik doza, ya’ni 500 XB da D3 vitamini berilishi raxit kasalligining kelib chiqmasligini ta’minlaydi. Preparatlarni tanlash va ularning dozalarini shifokor belgilaydi. Sun’iy ovqatlanishga o‘tgan bolalarga esa alohida jihatlariga qarab D3 vitamini berishda istisnolar bo‘lishi ham mumkin.
Foto: Shutterstock.com
D3 vitaminining ta’sir effekti, organizmga yetarlicha kalsiy elementi tushgandagina bilinadi. Bolalar ovqatlanish tarkibida albatta sut mahsulotlari (pishloq, tvorog, yogurt, sut), quruq mevalar, sutli shokolad kabi oziqaviy moddalar bo‘lishi lozim. D vitamini tayyor holda sariyog‘, mol jigari va tuxum sarig‘ida ko‘p saqlanadi. Bundan tashqari, raxitning erta bosqichlarida bolalar mushaklarining tonusini oshiruvchi va ichaklar funksiyasini normallashtiruvchi chora tadbirlar ham o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, masalan turli xil vannalar qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish, davolovchi gimnastika va massajlar. Agarichaklar normal mikroflorasi buzilib, disbioz holatlari kelib chiqqan bo‘lsa, probiotiklar tavsiya qilinishi ham mumkin.
Organizmga kalsiy elementi ovqat bilan yetarlicha tushmasa, sun’iy kalsiy saqlovchi preparatlar berish mumkin, faqatgina shifokor tavsiyasiga binoan. Kalsiyning organizmda so‘rilishini oshiruvchi modda – baliq yog‘ining kapsula ko‘rinishidagi preparatlaridan ham foydalansa bo‘ladi. Kasliy yetishmovchiligini mustaqil ravishda, o‘z boshimchalik bilan davolash og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin: ich qotishidan tortib buyrak yetishmovchiligigacha, natijada bolalik davrida siydik tosh kasalliklari paydo bo‘lishi xavfi mavjud. Bolalaringizni normal o‘sishi va sog‘lom yetilishi uchun har oyda bir marotaba oilaviy shifokoringiz bilan maslahatlashib turing! Salomat bo‘ling!
Bolangizni parvarishlashda ishonchli va foydali maʼlumotlar zarurmi? Marhamat, “Lalu — Onalar maktabi” mobil ilovasini hoziroq bepul yuklab oling.
Ilova orqali chaqaloq va bola rivojlanish kalendari, farzandingizni toʻgʻri parvarishlash boʻyicha koʻrsatmalar, bolalarda koʻp kuzatiladigan kasalliklar haqida maʼlumotlar olishingiz, emlash taqvimi va vazn/uzunlik kabi koʻrsatkichlarini nazorat qilib borishingiz mumkin.
Bolalar organizmi uchun kalsiy nihoyatda katta ahamiyatga ega. Usiz hujayralarning bo‘linishi va oqsil sintezi jarayonlari yuz bermaydi, demak go‘dak o‘sishdan ham to‘xtaydi. Kalsiy yetishmovchiligi tufayli barcha modda almashinuvi jarayonlari izdan chiqadi, suyak va tishlarning shakllanishi kechikadi. Insonning butun hayoti davomida uning suyaklari naqadar mustahkam bo‘lishi undagi bolalikda olgan kalsiy miqdoriga bevosita bog‘liqdir.
Ushbu element organizmdagi deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadi, o‘sishdan tashqari u yurak faoliyati, asab va mushak to‘qimasining normal faoliyati uchun zarur, u fermentlar ishlab chiqarishda ishtirok etadi, shuningdek qonning ivishi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli kalsiy yetishmovchiligi ayniqsa bolalarda juda ko‘p uchraydi.
Afsuski, yosh ota-onalar go‘dak kalsiyga yetarli miqdorda to‘yinyaptimi yoki yo‘qmi ko‘pincha vaqtida bila olishmayapti. Vaholanki, ushbu mikroelement yetishmasligining birinchi alomatlari teri, tirnoqlar va sochlarning tez sinuvchanligi va quruqligi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarda tirnoqlarni g‘ajish va boshni qashish kabi yomon odatlar paydo bo‘ladi. Ular bir yerda uzoq o‘tira olmaydigan bo‘lib qolishadi, beixtiyor barmoqlarini tiqqilatishadi. O‘ziga xos ta’mlarga ishtiyoq uyg‘onadi.
Ular ko‘pincha bo‘r yoki bo‘yoqlarni chaynashni istab qolishadi, tez-tez sut yoki pishloq yegilari keladi.
Qonda kalsiy yetishmovchiligi (gipokalsiyemiya) kichkintoy bo‘yining o‘sishini kechiktiradi, suyak va tishlarning shakllanishiga salbiy ta’sir o‘tkazadi, yurak muskullari ishini yomonlashtiradi, yuqori darajadagi asab-muskul ta’sirchanligiga va hatto tomir tortishishiga ham olib keladi. Ko‘z gavhari o‘zining shaffofligini yo‘qotadi, tish emallarida teshiklar, izlar paydo bo‘ladi.
Shu sababli go‘dak organizmi hali nozik paytidanoq va ko‘pgina muammolarni osongina hal qilsa bo‘ladigan vaqtdanoq kalsiy yetishmovchiligi haqida jiddiyroq o‘ylab ko‘rilsa yaxshi bo‘lardi. Tarkibida kalsiy bo‘lgan mahsulotlarni topish oson, murakkabligi shundaki, organizm uni qabul qilishiga yordam berish kerak. Chunki kalsiy o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan minerallar sirasiga siradi. Gap shundaki, to‘laqonli kalsiy faqat V3 vitamini ishtirokida singadi, ushbu vitamin esa yoki ultrabinafsha ta’sirida shakllanadi, yoki bo‘lmasa ovqat bilan birga organizmga o‘tadi. Bundan tashqari, kalsiy miqdori ovqatni tayyorlash jarayonida birmuncha kamayadi, misol uchun sabzavotlarni qaynatganda suvga 25% kalsiy chiqib ketadi, shuning uchun barcha turdagi karamlarni, ayniqsa brokollini sho‘rva yoki bulon tarzida iste’mol qilgan durust. Dukkakli o‘simliklar, bodom, kunjut va odatda tashlab yuboriladigan ildizmevali o‘simlik barglari kalsiyga boydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |