120
Sanoat ishlab chiqarish jarayonlarining jadal faoliyati natijasida chiqindilar − zararli mahsulotlar yoki
asosiy ishlab chiqarish jarayonlarining yarim mahsulotlari hosil bo‗ladi, ular xozirgi vaqtga qadar
ratsional ravishda o‗z tadbig‗ini topmagan.
Sanoat chiqindilari quyidagi sabablarga ko‗ra hosil bo‗ladi:
1.Boshlang‗ich hom ashyoda boshqa aralashmalarni bo‗lishi, ya‘ni tayyor mahsulotni olishda
qo‗llanadigan texnologik jarayonda qo‗llanmaydigan xom ashyo komponentlarini bo‗lishi.
2. Texnologik jarayonlarda qo‗shimcha moddalarni qo‗llanishi, ular jarayon davomida hosil bo‗ladi va
keyingi qo‗llanish uchun yaroqsiz bo‗lib qoladi (katalizatorlar,
erituvchilar, sorbentlar, filtrlovchi
materiallar va h.k.);
3. Nojo‗ya kimyoviy reaksiyalar natijasida ko‗llab bo‗lmaydigan moddalarni hosil bo‗lishi.
4. Texnologik jarayon davomida boshlang‗ich xom ashyodan qimmatli komponentni to‗liq
ajratib
olmaslik.
5. Uskuna va kommuntkatsiyalarni nogermetikligi natijasida mahsulotni mexanik yo‗qotishlar
natijasida.
Barcha chiqindi mahsulotlar, odatda qimmatli komponentlarni saqlaydi,
ular maqsadga
muvofiq ravishda qo‗shimcha qayta ishlash texnologiyasidan so‗ng foydali mahsulot sifatida ishlatish
uchun yaroqli xolga keladi.Hozirgi vaqtda o‗simlik xom ashyosi chiqindilari ozuqa, ekologik va
energetik muammolarni xal qilishda katta rol o‗ynamoqda.Ularga tabiiy qimmatli qo‗shimcha
manbalar sifatida qarash zarur bo‗ladi.
CHiqindilar transportirovka, saqlash va qayta ishlash
jarayonida xosil bo‗lishi mumkin.
CHiqindi mahsulotlar hosil bo‗ladigan quyidagi asosiy sohalar:
qishloq ho‘jaligi;
oziq−ovqat va qayta ishlash sanoati;
umumiy ovqatlanish joylarida.
O‗simlik chiqindilarini inson organizmiga zararsizligi va kimyoviy tarkibini hisobga olgan xolda
ularni ikki kategoriyaga bo‗lish mumkin:
oziq-ovqat maqsadlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan va
oziq-ovqat maqsadlarida qo‘llash mumkin bo‘lmaganlar chiqindilar.
Oziq-ovqat chiqindilaridan oqsil, aminokislotalar, vitaminlar, fermentlar, mineral elementlar va
boshqa turdagi qator mahsulotlarni ishlab chiqarish (tabiiy bo‗yoqlar, pektin,
organik kilotalar, etil
spirti) va hayvonlarni oziqlantirishda qo‗llash mumkin.
Oziq-ovqat maqsadadi qayta ishlash uchun yaroqli bo‗lmagan chiqindilardan ozuqa oqsili, tabiiy
ekologik xavfsiz o‗g‗itlar va biogaz olish mumkin bo‗ladi.
Vino ishlab chiqarish sohasi. Uzumdan olinadigan vino maxsulotlarini ishlab chiqarishdagi
chiqindilarga quyidagilar kiradi: uzum qoldiqlar (po‗sti, urug‗i), achitqi cho‗kmalari, uzum shroti.
Uzum qoldiqlari, qayta ishlanayotgan uzum massasining umumiy miqdoridan 14%
ni tashkil
etadi, o‗z tarkibida 45-50% gacha quruq moddalarni saqlashi mumkin, ular o‗z navbatida uglevodlar,
mineral moddalar, organik kislotlar, vitamin boshqa organik moddalar sifatida taqdim etilishi mumkin.
Uzum ekstrakti uzum kislotasi, spirt,
sirka kislotasi, vitamin R olishda qo‗llaniladi. Uzum
urug‗i uzum moyi olishda qo‗llaniladi.Qovurib olingan uzum urug‗lari maydalangandan so‗ng kofe
saqlagan ichimliklar tarkibiga qo‗shimchalar sifatida qo‗shiladi.Ekstraksiyalangan uzum qoldiqlari
ozuqa unini olishda qo‗llaniladi
50
.
Do'stlaringiz bilan baham: