Biologik faol moddalar texnologiyasi



Download 7,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/292
Sana01.06.2022
Hajmi7,22 Mb.
#626408
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   292
Bog'liq
biologik faol moddalar texnologiyasi oquv-uslubiy majmua

Fosfotidil etanolamin 
Demak, fosfolipidlarning asosi triglitserid bo‗lib, 1ta yog‗ kislotasi o‗rniga fosfat kislotaning 
qoldig‗i birikkan bo‗ladi. Ushbu fosfot kislotaning o‗z navbatida 2ta efir bog‗i mavjud bo‗lib, 1ta efir 
bog‗i bilan triglitseridga, 2ta efir bog‗i aminospirtga birikkan. Aminospirt sifatida xolin ishtirok etsa, 
bunday fosfolipidlar
letsitin
deb ataladi. Agar aminospirt sifatida etanolamin ishtirok etsa, bunday 
fosfolipidlar
kefalinlar
deb ataladi. 
1939y.dekabrda Eyxerman soya dukkaklaridan fosfotidilxolinlar fraksiyasini ajratib oldi. Ushbu 
fraksiya polito‗yinmagan (essensial) yog‗ kislotalariga boy bo‗lib, ayniqsa linol va linolen yog‗ 
kislotalaridan iborat edi. 
СН
3
 (СН
2
)

– (СН = СН – СН
2
)
2
 – (СН
2
)
6
 – СООН Linol kislota 
 
СН
3
 – СН
2
 – (СН – СН – СН
2
)
3
 – (СН
2
)
6
 – СООН α-linolen kislota 
Ushbu fraksiya «essensial fosfolipidlar» nomini olgan , keyinchalik esa 
letsitin 
deb 
atalgan.Letsitin atamasi 2 hil ma‘noda tushunilishi mumkin. Tor doirada fosfotidil xolin tushuniladi. 
Keng ma‘noda barcha fosfolipidlar nazarda tutiladi, sababi barcha fosfolipidlar glitserofosfor 
kislotaning murakkab efirlari hisoblanadi va hammasini tarkibida fosfor saqlanadi. 
Fosfolipidlarning 
asosiy 
vazifasi-
strukturaviy
, ya‘ni barcha xujayra membranalari 
fosfolipidlardan tashkil topgan (ma‘lum miqdorda xolesterindan ham). Hatto hujayra ichidagi 
tuzilmalar-organoidlar ham fosfolipidlardan tashkil topuvchi membranalar bilan qoplangan. Sitoplazma 
tarkibidagi 
hujayra ichki matriksi 
ham biomembranalar yig‗indisidan iborat.Fosfolipidlar 
biomembranalarning normal tuzilishini ta‘minlar ekan, xujayraning asosiy funksiyalari to‗g‗ridan –
to‗g‗ri ushbu fosfolipidlarga bog‗liq bo‗ladi. Qizig‗i shuki, vaqt o‗tishi bilan membranalardan xolesterin 
molekulalarining solishtirma og‗irligi oshadi, fosfolipidlarning solishtirma og‗irligi esa kamayib boradi. 
Bu xodisa keksayish jarayonini yaqqol izoxlab beradi. 
Hujayra membranalari tarkibida eng ko‗p fosfolipidlar saqlaydigan a‘zo-bu jigardir. Uning 
hujayra membranalari 65 % fosfolipidlardan tashkil topgan. Fosfolipidlar esa o‗z navbatida 40 % 
fosfotidilxolin (ya‘ni letsitindan) tashkil topgan. Tarkibida fosfolipidlar saqlash miqdoriga ko‗ra 
jigardan keyin bosh miya va yurak turadi.Hujayra membranalari fosfolipidlar va xolesterinlardan 
tashqari oqsillardan ham tashkil topgan. 
Bu oqsillar gormonlar va biologik faol moddalar uchun retseptor vazifasini bajaradilar. 
Fosfolipidlar etishmaganda hujayraning retseptor funksiyalri buziladi va ratsionga etarli miqdorda 
fosfolipidlar qo‗shilgandan keyingina yana tiklanadi. 


157 
Shunday qilib, 
fosfolipidlar-membranadagi oqsil retseptorlarning aktivatori
xisoblanar 
ekan.Strukturaviy fosfolipidlardan tashqari fosfolipidlar nerv impulslarini o‗tkazishda, qon ivishi, 
immunitet reaksiyalarida, to‗qimalar regeneratsiyasida ham faol ishtirok etadi. 
Fosfolipidlar 
transpor
t vazifasini ham bajarib, lipoproteidlar komplekslarini hosil qiladilar va 
qonda xolesterin transportini ta‘minlaydilar. Fosfolipidlar biosintezi 1-chi navbatda jigarda, so‗ng ichak 
devorlarida, tuxumdonlarda va xokazolarda amalga oshiriladi. 
Hujayra membranalarining «suyuq holat darajasi» degan tushuncha mavjud. Hujayraning tashqi 
membranasi orqali hujayra ichiga barcha oziq moddalar, ba‘zi gormonlar, vitaminlar, bioregulyatorlar 
va xokazolar kiradi. Membrananing suyuq xolat darajasini kamayishi oziq moddalarning almashinuvini 
qiyinlashtiradi. To‗yingan yog‗ kislotalari va xolesterin xujayra membranalarining «qattiq»ligini, 
dag‗alligini ta‘minlaydi. SHuning uchun keksaygan sari xujayralar gormonal signallarga va anabolik 
stimullarga javob bermay qo‗yadilar. Fosfolipidlar va to‗yinmagan yog‗ kislotasi esa,aksincha, hujayra 
membranalarini «tiriltirib» ,atrof muxit bilan metabolitlarni almashinishi jarayonini ta‘minlab beradi. 
Letsitin o‗z navbatida to‗yinmagan yog‗ kislotalarini saqlagan fosfolipid hisoblanadi va hujayra 
membranalarining «yosharish» omili bo‗lib xizmat qiladi. 
Hujayra membranasiga tashqi va ichki muhitning salbiy omillari ta‘sir ko‗rsatganda
membrananing shu qismida fosfolipid molekulalari deformatsiyalanadi va parchalanadi. Normal tirik 
hujayrada doimiy ravishda barcha mebrnalarning qayta tiklanishi ro‗y beradi. Buning uchun etarli 
miqdorda fosfolipidlarning etkazib berilishi darkor.Fosfolipidlarning defitsiti hujayra membranalarining 
muntazam ravishdagi yangilanib borishini sekinlashtirib, turli kasalliklarga olib kelishi mumkin. 
Xolesterin – steroidlarning eng muhim vakillardan biri bo‗lib,organizmda erkin xolatda va 
bog‗langan xolda uchraydi. Erkin xolatdagi xolesterin hujayra membranasi va qon lipoproteinlari 
tarkibiga kiradi. Bog‗langan xolda esa xolesterin yog‗ kislotalari bilan murakkab efirlar xosil qiladi. 
Xolesterin barcha steroidlarning o‗tmishdoshi hisoblanadi.Bularga buyrak usti gormonlari 
(kortikosteroid), jinsiy gormon (testosteron, estradiol va b.), o‗t kislotalari (dezoksixolin) va vitamin D 
misol bo‗la oladi. 
Organizmning umumiy qarish jarayonini sekinlashtirishda fosfolipidlarning ahamiyati juda katta. 
Fosfolipidlar saraton shishilarining o‗sishini, hatto kasallikning sunggi bosqichlarida 2 barobar 
sekinlashtirishi aniqlangan. Shu tajriba avval sichqonlarda, so‗ng odamlarda sinab ko‗rilgan. 
Letsitinning yana bir xususiyatlaridan biri – qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish. Buni 
amalga oshirish uchun fosfolipidlarning gidrofob qismi yog‗lar va xolesterin bilan bog‗lanadi, gidrofil 
qismi esa suv (qon) bilan bog‗lanadi. Shunda yog‗ molekulalari qon oqimida xilomikron ko‗rinishida 
harakat qiladi. Xilomikron – bu yog‗ tomchisi bo‗lib, fosfolipidlar bilan o‗rab olingan bo‗ladi. Shunda 
gidrofob boshchalar yog‗ga yopishib olib, gidrofil dumchalar qon oqimida harakatlanishga imkon 
yaratadi. 

Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish