Transformatsiya. Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har
qanday bo‘lagining ikkinchi organizm irsiy molekulasi tarkibiga birikish
hodisasiga «transformatsiya» deb ataladi.
Pnevmokokklardagi transformatsiya hodisasi 1928-yili ingliz bakteriologi
F. Griffi
t tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi pnevmokokklarning ikki xil –
S- va R-shtammlari ustida o‘tkazilgan. Pnevmokokk bakteriyasining S-shtammi
maxsus qo‘shimcha kapsulaga ega bo‘lib, sirti silliq, R-shtammda esa kapsula
bo‘lmaydi va sirti g‘adir-budur (S – inglizcha smooth – silliq, R – inglizcha rough –
g‘adir-budur). S-shtamm bakteriyaning kapsulasi sichqon organizmi immun
sistemasi ta’sirini o‘tkazmaganligi sababli, u kasallik qo‘zg‘atuvchi bo‘lib,
sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o‘ladi.
R-shtamm esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtammlar bilan
yuqtirilgan sichqonlar nobud bo‘lmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi S-shtamm
qizdirilganda ular o‘ladi va o‘ldirilgan bakteriyalarni sichqonlarga yuborilganda
sichqonlarda kasallik paydo bo‘lmaydi. Sichqonlarga qizdirish natijasida
o‘lgan bakteriyalar S-shtammi bilan kasallik qo‘zg‘atmaydigan R-shtammga
kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qo‘shib yuqtirilganda sichqonlarning
o‘lishi kuzatilgan. O‘lgan sichqonlarda bakteriyalarning S-shtammi topilgan.
Bu hodisaning mohiyati 66-rasmda ifodalangan.
Pnevmokokkning S-shtammidan qandaydir modda R-shtammga o‘tishi
natijasida R-shtammning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya
hodisasi ro‘y bergan. Lekin F. Griffi
ts S-shtamm bakte riya larning qanday
moddasi irsiy axborotni tashib yurishini bila olmagan.
1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffi
ts tajribasini
qaytadan takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib
yuruvchi DNK ekanligini ma’lum qildilar. Ular pnevmokokk bakteriyalarning
2 xili streptomitsinga chidamli va chidamsiz shtammlari ustida tajriba olib bordi.
Laboratoriya sharoitida probirkada streptomitsinga chidamli bakteriyalarni
parchalab, uning DNK moddasi ajratib olindi. Olingan toza DNK chidamsiz
bakteriyalar o‘sayotgan muhitga o‘tkazildi va kuzatib borildi. Kuzatishlar shuni
ko‘rsatadiki, streptomitsinga chidamli
bak teriyalar DNK moddasi ta’sirida, ik-
kinchi probirkada o‘sayotgan chidamsiz
bakteriyalar shtammi antibiotikka chidam-
li bo‘lib qo‘ladi.
Shunday qilib, dastlab pnevmokokk
bakteriyalarda DNKning irsiyatga aloqa-
dorligi isbotlab berildi (67-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |