Hujayra nazariyasining ahamiyati. Hujayra – ko‘p hujayrali orga-
nizmlarning asosi bo‘lib, asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Organizmlarning
rivojlanishi bir hujayradan – zigotadan boshlanadi, shuning uchun hujayra
tirik organizmlarning rivojlanish birligidir. Hujayra nazariyasi barcha tirik
organizm hujayralarining tuzilishi va kimyoviy jihatdan o‘xshash ekanligini va
organik olamning birligini tasdiqlaydi.
Tayanch so‘zlar: Teodor Shvann, Mattias Shleyden, Rudolf Virxov, Karl Ber,
aerosomalar, mezosomalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |