Biokimyo va molekulyar biologiya


CYP21genini amplifikatsiya qilish uchun ishlatilgan praymerlar



Download 1,63 Mb.
bet104/106
Sana30.06.2021
Hajmi1,63 Mb.
#105433
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar biologiyadan

CYP21genini amplifikatsiya qilish uchun ishlatilgan praymerlar:

Forward (U1-F)5’-GAGTACCTTGGAGGGCCTGCT-3’;

Reverse (F3-R) 3’-GCTACACTCCAGCGTCTGAGG-5’.
PZR-amplifikatsiyani o‘tkazishda quyidagi dastur yordamida olib borildi. PZR-amplifikatsiyasini o‘tkazish dasturi


Bosqich

Harorat,°C

Vaqt,min

Sikl

Denaturatsiya

95.0

4:00

1

94.0

0:20

45


Renaturatsiya

64.0

0:40

Elongatsiya

72.0

3:00

YAkunlovchi elongatsiya

72.0

5:00

1

Amplifikatsiya tugagandan so‘ng, hamma probirkalarni elektroforez xonasiga ko‘chirildi va 5-10 mkl PZR mahsuloti 1,2 % elektroforez usuli bilan aniqlandi.

Real vaqtdagi (Real-time PZR) PZR-amplifikatsiyasini o‘tkazish TBGP bilan assotsiatsiyalangan CYP21 genida tez-tez uchrovchi mutatsiyalarni aniqlash uchun yangi DNK-diagnotsika sistemasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning asosida Real vaqtdagi PZR-amplifikatsiya (Real-time Polymerase CHain Reaction) yotadi, tez-tez uchrovchi 8 ta mutatsiyalar uchun yangi allel-spetsifik praymer (qisqa oligonukleotid fragmentlari) va TaqMan zondi ishlatiladi. Avvaliga metod sun’iy matritsada test qilib ko‘rilgan, bunda yo‘nalishli mutagenez yordamida analiz qilinuvchi mutatsiyaga kiritiladi va keyin giperandrogeniyaning klinik va bioximik belgilari namoyon bo‘lgan 20 ta bemorning klinik materiali bo‘lgan DNK da tekshirilgan va ulardan bittasida mutatsiya topildi: u nonsens (nukleotidlar ketma-ketligi almashishi natijasida aminokislotalar o‘zgarishidan yoki stop kodon paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan mutatsiya) – mutatsiya +318X bo‘lib, aminokislotalarning o‘rin almashishidan kelib chiqadigan mutatsiya hisoblanadi. SHunday qilib, CYP21 genining PZR mahsulotlari real vaqtdagi PZR-amplifikatsiyada o‘tkazilib, natijada aniq natijalar olinadi.

Bu metod 5'-ekzonukleaza polimeraza faolligiga asoslangan. Reaktsion aralashmada muhim komponent hisoblangan DNK zondlar o‘zida 5' holatdagi fluoretssent bo‘yoq va 3' holatdagi fluoretssentsiyani o‘chiruvchi (masalan, FAM _TGATCGGGTGGAGTCCTGCC_BH1zondini oladigan bo‘lsak, bu erda FAM - fluoretssent bo‘yoq bo‘lsa, BH1 esa fluoretssentsiyani o‘chiruvchidir, ular orasida ma’lum bir nukleotidlar ketma-ketligi joylashgan) kabi qismlardan iborat hamda fosfat guruh 3' holatda joylashgan bo‘ladi. Bu zondlar amplifikatsiyalanayotgan sohada komplimentarlik asosida joylashadi. Fluoretssent o‘chiruvchi fluoretssent bo‘yoq tomonidan ajralayotgan yorug‘likni yutadi, fosfat guruhi esa 3' holatdagi polimerazani bloklaydi. Agar WT aralashmasi bo‘lgan namunada FAM flyuoretssent bo‘yog‘ini oshishi kuzatilsa C1994T mutatsiyasi namoyon bo‘lmaydi.

Geterozigota mutatsiyani mavjudligida esa bir vaqtning o‘zida Wild Type va Mutant aralashmalaridagi namunalarda flouressentsiya bo‘yoq – FAMni ko‘payishi kuzatiladi. Faqat Mutant aralashmasidagi namunalarda flyuretssentsiya bo‘yoq – FAMni ko‘payishi esa gomozigota mutatsiyadan darak beradi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish