1.2. Biokimyo fanining rivojlanish tarixi.
Biokimiyoning rivojlanish tarixi - bu yerda hayotning paydo bo’lishi haqidagi tushunchaning rivojlanish tarixidir. Shuning uchun bioximiya fanidagi ikki xil dunyoqarash – materializm hamda idealizmning keskin kurash maydoni bo’ldi. Aynan bioximiya inkor qilib bo’lmaydigan dalillar bilan biologiya fanini idealistik erinchoqlardan tozaladi. hayotiy faoliyat protsesslariga birinchi bo’lib materialistik qarashni asoslab bergan, materiya va energiyaning saqlanish qonunini ochgan ulug’ rus olimi M.V.Lomonosov edi. A. Lavuaz’e ishlarida bu qonun amaliy jihatdan isbotlandi.
Keyingi yillarda jahondagi ko‘pgina olimlarning samarali mexnatlari tufayli ilmiy kashfiyotlar qilindi, ular biokimyoning rivojlanishiga imkon berdi. F. Vyoler 1828 yili anorganik moddalardan mochevinani olib, organik birikmalarni sun’iy yo’l bilan sintez qilish mumkinligini isbotladi. F. Vyolering tekshirish natijalari xilma xil organik moddalarni undan keyin sun’iy yo’l bilan olinishiga nazariy asos bo’ldi. Masalan, N. I. Zinin anilinni, M. Bertlo yog’larni, A. M. Butlerov uglevodlarni, A. Ya. Danilevskiy va Ye. Fisher peptidsimon moddalar va peptidlarni, V. Ingrem birinchi oqsil insulin gormonini oldi.
Keyingi yillarda kimyo, fizika, matematika fanlarining rivojlanishi munosabati bilan biokimyo fani rivojlana boshladi. J. Somner va J. Nortrop birinchi bo’lib ureaza va pepsin fermentlarini ajratib oldilar. F. Misher nuklein kislotalarni, N. I. Lunin va K. Funk vitaminlarni ochdilar. O. Varburg va A. Sent–Dperdi organizmda energiyaning ajralib chiqish jarayonlari asosini ochdilar. L. Poling va V. Kori sodda oqsillarning tuzilishini, J. Uotson va F. Krik yesa DNK tuzilishini aniqladilar. S. Ochao, A. KoRNKberg va Ye. Chargaff genetik kodni ochish uchun ko’p ish qildilar va o’akozo.
Fanning ijodkorlari orasida rus olimlaridan A. Ya. Danilevskiy biologik kimyo fanining asoschilaridan edi. Uning me’nati tufayli 1862 yilda Qozon universitetida birinchi marta tibbiyot kimyosi kafedrasi yaratildi. M. M. Manasseina, K. S. Kirxgof, A. I. Lebedev ishlari fermentlar haqidagi ta’limotning asosini tashkil qildi. I. ‘. ‘avlovning xazm qilishning fermentativ va gumoral mexanizmlari, A. N. Bax va V. I. ‘alladinning biologik oksidlanish, V. A. Yengel’gardtning muskul qisqarishida ATF ning ahamiyati haqidagi ishlari, A. I. Harinning hayotni kelib chiqishiga doir uyg’un sistema yaratishi, S. E. Severinning uglevodlar almashinuvini o’rganish, A. E. Braunshteynning qayta aminlanish jarayonini kashf yetish bo’yicha asarlari va boshqa ko’pgina ishlar bilan biokimyoning shu masalalari yuzasidan jahon olimlari o’rtasida birinchi o’rinlarni egallashga sazovor bo’lingan.
Ko’pgina biokimyoviy olimlar, masalan, S. E. Severin, A. E. Braunshteyn, A. L. Harin, V. A. Yengel’gardt, A. V. ‘alladiya, V. N. Orexovich, A. S. Shirin, Yu. N. Ovchinnikov va boshqalarning nomi jahonga mashxurdir.
Biologik kimyo fanining rivojlanishida o’z hissalarini qo’shgan o’zbek donishmandlaridan ko’p qirrali bilim shibi Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot shasidagi kashfiyotlarida kasalliklar sabablarini aniqlab, ularni bartaraf qilish kerak degan fikrni ilgari surganki, bu g’oya hozirgi zamon tibbiyotining asosini tashkil etadi.
Bundan tashqari qandli diabet kasalligida bemorning siydigi shirin bo’lishi, uni qaynatganda cho’kma hosil bo’lishini ham ibn Sino kashf qilgan.
Xivalik tabib Muhammad SHarif Oxun Mahmudxo’ja o’g’li (Mashrif Oxun) 1859 yilda Qo’shko’pir mavzesining Izgaldi qishlog’ida tug’ilgan, Muhammad Rahimxon davrida SHeroziyxon madrasasida tahsil olgan. Mashrif Oxun bemorlarga tashxis qo’yib kasalni aniqlashga usta edi. U bosh barmoqning tirnog’iga bosib, kamqonlik va sil kasalliklarini aniqlay olgan. Mashrif Oxun teri kasalliklari, pes, sariq kasal, yurak va buyrak kasalliklariga tashhis qo’yib davolagan.
Kadrlar tayyorlashni yaxshilash va ko’paytirish maqsadida 1931 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot instituti tashkil etildi. O’tgan davr ichida bu institutni minglab shifokorlar bitirib chiqdilar. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, akademik Yo. o’. To’raqulov va R. K. Islombekovlar hamkorlikda 1964 yili bo’qoq kasalligini radioaktiv yod bilan davolash usulini dunyoda birinchi bo’lib kashf etdilar. Hozir bu usul butun dunyo tabobatida keng qo’llanilmoqda. Bu kashfiyot uchun ikkala olim ham Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan edilar.
Kimyo fanlari doktori, professor, O’zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, marhum O. S. Sodiqov boshchiligida bir guruh o’zbek olimlari (X. A. Aslanov, Yo’ldoshev) va ayni vaqtda O’z RFA «Bioorganik kimyo» instituti xodimlari, oqsillar va umuman, tabiiy organik birikmalar kimyosi bilan shug’ullanib samarali natijalarga erishganlar.
O’zbekiston Milliy Universitetida professor O’. N. Musaev boshchiligidagi bir guruh olimlar jamoasi jarrohlikda tirik organizm ichki a’zolarini protezlashda keng ishlatiladigan tayyor polimer mahsulotlarning tibbiy–biologik xususiyatlarini yaxshilash borasida izlanishlar olib bormoqdalar.
O’z RFA akademigi S. SH. Rashidova rahbarligida olimlar jamoasi faol polimer dorivor moddalarning tibbiy–biologik xossalari hamda biokimyo va gematologik jarayonlarga ta’sirini, buyrak, jigar va boshqa hayotiy muhim bo’lgan a’zoga ta’sirini, bu moddalarning organizmdagi taqsimotini, organizmdan chiqarib yuborish yo’llari, shuningdek bu moddalarni uzoq vaqt qo’llanganda organizmda yig’ilib qolish ehtimolligini o’rgandilar.
Bundan tashqari respublikamizdagi olimlar: T. S. Soatov, M. M. Mahkamova, K. S. Kazakov, SH. X. Karimov, A. N. Aripov, B. A. Nurmatov, A. N. Yunusxo’jaev, B. O. Toshmuhammedov, M. N. Valixonov va boshqalar biokimyo fanining rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shganlar.
Biokimyo o’simlik va hayvonlarning organ hamda to’qimalarining kimyoviy tarkibini, ularning hayot faoliyati asosida yotadigan kimyoviy jarayonlarni o’rganadigan fandir. Biokimyo donning unib chiqishidan tortib, oliy nerv faoliyatiga qadar bo’lgan hayotning barcha ko’rinishlarini o’rganadi. Organizm bilan tashqi mu’it o’rtasida yaqin bog’lanish mavjud. Tashqi mu’it organizmni ozuqa moddalar bilan asosiy ta’minlovchidir, u organizmda parchalanib bu jarayon davomida ajralib chiquvchi energiya hisobiga hujayra va to’qimalarning qurilishi uchun zarur bo’lgan moddalarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Biokimyo fani bir necha qismga bo’lib o’rganiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |