Biokimyo pmd


Proteoglikanlar funksiyasi



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/430
Sana19.07.2021
Hajmi4,12 Mb.
#123097
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   430
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

 Proteoglikanlar funksiyasi

Turli proteoglikanlar polivalent anionlar bo‘lib, o‘ziga kationlarni

tortadi va bog‘lab oladi. K

va Na



ionlari ham mustahkam

bog‘langanligi uchun ularning ion xususiyatlari namoyon bo‘lmaydi.

Barcha proteoglikanlar agregatsiyaga moyil, bu jarayon polivalent

katoinlar, masalan Ca

+2

 ta’sirida kuchayadi. Uzun zanjirlar, ayniqsa,



gialuron kislota zanjirlari, betartib o‘ralib, katta masofani egallaydi

va ular asosan suv bilan to‘ldirilgan. Bu joyga past molekulalar yoki

ionlar kirishi mumkin, lekin katta molekulalar (masalan, albumin)

kira olmaydi.

Gialuron kislota eritmalari yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega

bo‘lib, bo‘g‘imlarda surkovchi modda vazifasini bajaradi. Revmatik

kasallarda bo‘g‘im suyuqligi yopishqoqligining o‘zgarishi

proteoglikanlar strukturasida o‘zgarish natijasidir. Proteoglikanlar

tashqi bosim ta’sirida suvning harakatlanishiga qarshilik ko‘rsatadi

va to‘qimalarga elastiklik, siqilishga nisbatan chidamlilik beradi.

Ular molekulyar elaklar sifatida funksiyalanadi, yirik ionlarni

harakatlanishini chegaralaydi, proteoglikan domenlari orasiga

albumin va immunoglobulin hajmiga ega bo‘lgan molekulalarning

kirishiga qarshilik ko‘rsatadi.

Gialuron kislota morfogenezda ishtirok etib, embriogenezda

mezenximal hujayralarning agregatsiyasini boshqaradi. Yoshga

bog‘liq holda hujayralarda proteoglikanlar tarkibi o‘zgaradi.

To‘qimalarda keratansulfatlar konsentratsiyasi hayot davomida

ortadi, lekin tog‘ay va umurtqalararo disklarda xondroitin sulfat,

shuningdek terida gialuron kislota miqdori kamayadi. Turli yoshlarda

organizmga o‘sish gormoni kiritilsa, proteoglikanlar sintezi va

ularning tarkibi yosh organizmnikidek bo‘ladi. O‘sish gormonining




459

ta’siri somatomedin orqali amalga oshiriladi va bunda tog‘ay

hujayralarining proliferatsiyasi tezlashadi va proteoglikanlarga

sulfatlarning kiritilishi stimullanadi. Testosteron ta’sirida qator

to‘qimalarda (yurak klapani, teri) gialuron kislota sintezi tezlashadi.

Revmatizm yoki artrit bilan jarohatlangan bo‘g‘im sinovial

suyuqligida gialuron kislotaning miqdori me’yoridan ko‘p, lekin

depolimer kiritilganda gialuron kislotaning repolimerlanishi

kuzatiladi va uning de novo sintezi keskin pasayadi. Qandli diabetda

infeksiyalarga moyillik, yaralar bitishining pasayishi, tomirlar

degeneratsiyasining tezlashishi organizmning muko‘polisaxaridlarni

sintezlash qobiliyatining pasayishi bilan bog‘liqdir.




Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish