MODDA ALMASHINUVIGA KIRISH
OVQATLANISH BIOKIMYOSI
Modda almashinuvi va uning asosiy bosqichlari
Tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri – tashqi muhit bilan modda
almashinuvidir. Biologik kimyo fani esa buning negizida yotuvchi
kimyoviy jarayonlarni o‘rganadi. Organizmning tashqi muhit bilan
modda almashinuvida murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadi va
buning natijasida ozuqa mahsulotlari – oqsillar, karbon suvlar va
yog‘larga kimyoviy ishlov berilib organizmning energetik va plastik
ehtiyojlarini qoplashga ishlatiladi.
Organizmda asosiy ozuqa mahsulotlarining o‘zgarishi 4 bosqichda
boradi:
1. Ovqatlanish va ovqat mahsulotlarining hazm bo‘lishi.
2. Hazmlangan mahsulotlarning so‘rilishi.
3. To‘qima metabolizmi, yoki ozuqa mahsulotlarning hujayradagi
o‘zgarishlari.
4. Metabolizmning oxirgi mahsulotlarining (CO
2
, H
2
O, NH
3
,
siydikchil, kreatinin, siydik kislotasi) ekskretsiyalanishi.
Modda almashinuvi bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 2 katta
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu assimilyatsiya va dissimilyatsiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |