qo‘shiladi (Dyuklo taklifi bo‘yicha, 1883-y). Masalan: arginaza
120
Boshqa usul — katalizlanuvchi reaksiya nomiga – aza suffiksi
qo‘shiladi. Masalan: degidrogenaza vodorodning ajralib chiqish
reaksiyasini, gidrolaza – gidroliz reaksiyasini, transferaza – kimyoviy
guruhlarni o‘tkazish reaksiyalarini katalizlaydi. Yuqorida
keltirilganlarga qaramasdan ba’zi fermentlar o‘zlarining travial
nomlarini saqlab qolganlar: tripsin, pepsin, katalaza, ularning nomi
katalizlanuvchi reaksiya turiga, shuningdek, substratning nomiga to‘g‘ri
kelmaydi. 1961-yilda V xalqaro biokimyog‘arlar kongressida
fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi qabul qilingan va uning asosiga
quyidagi tamoyillar qo‘yilgan:
fermentning nomi o‘z ichiga olishi kerak:
– substrat nomini;
– koferment nomini;
– katalizlanuvchi reaksiya turini.
Masalan, ushbu nomenklatura bo‘yicha LDG quyidagicha
nomlanadi: L – laktat – NAD – oksidoreduktaza. Bu nomda birdaniga
3 xususiyat o‘z aksini topgan:
– substrat – laktat (sut kislota);
– koferment – NAD;
– reaksiya turi – substrat va vodorod akseptori (NAD) o‘rtasida
oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi.
Har bir fermentga barcha fermentlar ro‘yxatida alohida nomer (shifr)
berilgan. Masalan: laktatdegidrogenaza 1.1.1.27 shifriga ega. Birinchi
raqam sinfning nomerini, ikkinchi - sinfchaning, uchinchi – kenja
sinfning, to‘rtinchi – ko‘rsatilgan guruhda egallagan o‘rnini ko‘rsatadi.
Fermentlarning tasnifi katalitik ta’sirga uchrayotgan reaksiya turiga
asoslangan. Barcha fermentlar 6 sinfga bo‘linadilar:
1. Oksidoreduktaza.
2. Transferaza.
3. Gidrolaza.
4. Liaza.
5. Izomeraza.
6. Ligaza (sintetaza) (13-jadval).
Fermentlarning har bir sinfi individual o‘zgarishlarga bog‘liq
ravishda yana kichik sinf, kenja sinflarga bo‘linadi.
1. OKSIDORÅDUKTAZAlar (degidrogenazalar). Ushbu sinf
fermentlar 14 guruhga bo‘linadi. Ular hujayradagi oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydi va vodorod atomi, elektronlarni
substratdan oxirgi akseptorga o‘tkazuvchi ko‘p bosqichli reaksiyalarni
amalga oshiradilar.
121
2. TRANSFÅRAZAlar. Guruh va molekulyar qoldiqlarni bir
birikmadan ikkinchisiga o‘tkazish reaksiyalarini tezlashtiradilar.
Fosfotransferaza, aminotransferaza, metiltransferaza, formiltransferaza
va boshqalar tafovut etiladi (200 ferment).
3. GIDROLAZAlar. Fermentlar suv biriktirish yo‘li bilan organik
moddalarning parchalanish reaksiyalarini tezlashtiradilar. Ularning 9
guruhi mavjud, 169 dan ortiq fermentlar kiradi. Ularga misol bo‘la oladi:
esterazalar, glikozidazalar, peptidazalar, amilazalar va boshqalar.
4. LIAZAlar. C-C, C-N, C-O va boshqa bog‘larni uzish orqali
organik moddalarning nogidrolitik parchalanish reaksiyasini
katalizlaydi. Bu sinf o‘z ichiga 9 guruhni oladi. Ularga quyidagilar
kiradi:
uglerod-uglerod liazalar (C-C)
uglerod-kislorod liazalar (C-O)
uglerod-azot liazalar (C-N)
Do'stlaringiz bilan baham: