Biologik faol peptidlar
Biologik faol peptidlar ta’siriga ko‘ra quyidagi to‘rt guruhga
bo‘linadi:
1. Gormonal faollikka ega bo‘lgan peptidlar (vazopressin,
oksitotsin, adrenokortikotrop, glyukagon, kaltsitonin,
melaninstimullovchi gormon, rilizing omili va boshqalar).
2. Ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi peptidlar (gastrin, sekretin
va boshqalar).
3. Vazoaktiv peptidlar.
4. Neyropeptidlar.
Angiotenzin, bradikinin va kallidinlar vazoaktiv peptidlarga kirib,
qon tomir tonusiga ta’sir etadi.. Angiotenzin angiotenzinogendan renin
ta’sirida hosil bo‘ladi. Angiotenzinogen faol bo‘lmagan oqsil bo‘lib,
bir qancha proteolitik fermentlarni (tripsin va renin) ta’sirida quyidagi
sxema bo‘yicha hosil boradi:
43
Bradikinin – polipeptid bo‘lib quyidagi tuzilishga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |