d) Gel xromatografiyasi.
Bu usulda har xil gellar ishlatiladi, masalan: dekstrandan
tayyorlangan, turli markadagi sefadekslar, dekstran – yuqori molekulali
glyukoza qoldiqlaridan tarkib topgan polimer moddadir, uni ishqoriy
muhitda epixloridgidrin bilan reaksiyaga kiritilsa, gel hosil bo‘ladi.
Poliakrilamid gelini hosil qilish uchun suvda yaxshi eriydigan monomer
akrilamid olib bu funksional reagentlar ishtirokida polimerlashtiriladi.
Oqsillarni molekulalari katta yoki kichikligiga qarab
gelxromatografiya kolonkasiga gel to‘ldirilib undan oqsillar aralashmasi
o‘tkazilsa avvalo, kichik molekulali oqsillar gel g‘ovaklari orqali, gel
zarrachasining ichiga kirib diffuziyalanadi.
Yirik molekulali oqsillar bu g‘ovakchadan o‘tolmaydi, ular
zarrachaning tashqarisida qoladi va eritma bilan kolonkadan oqib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |