Yog‘larning oziqlanishdagi ahamiyati
Yog‘lar organizm massasining 15% ini tashkil etadi. Organizmdagi
yog‘lar ikki guruhga bo‘linadi: rezerv (zaxira) yog‘lar va sitoplazmatik
yog‘lar. Zaxira yog‘lar tez almashinish xossasiga ega va ularning tarkibi
iste’mol qilinayotgan ozuqa yog‘lar tarkibiga bog‘liq. Aksincha
sitoplazmatik yog‘lar uzoq vaqt och qolganda ham tarkibi deyarli
o‘zgarmaydi, ularni asosan mebranalarga kiradigan yog‘lar tashkil
qiladilar.
Vazni 70 kg bo‘lgan odam kuniga 90 g o‘simlik va hayvonot
yog‘larini iste’mol qiladi. Yog‘larga bo‘lgan ehtiyoj odam faoliyatiga
bog‘liq. Energetik manba sifatida 1 g yog‘ oksidlanib 38,9 kJ (9,3 kkal)
hosil qilsa, 1 g uglevod va 1 g oqsil faqat 17,2 kJ (4,1 kkal) hosil qiladi.
239
Do'stlaringiz bilan baham: |