Limon kislota sikli
Bu siklning limon kislotasi sikli deb atalishiga sabab, siklning
birinchi mahsuloti limon kislotasidir. Bu siklni trikarbon (uch karbon)
kislotalari sikli ham deb ataladi, chunki siklning birinchi mahsuloti limon
kislotasi uchkarbon kislotadir. Ammo ko‘pincha siklda reaksiyalarni
Gans Krebs tomonidan aniqlanganligi uchun bu siklni muallif nomi
bilan aytiladi. Limon kislota sikli, elektron tashish zanjiri bilan birgalikda
modda almashinuvining oxirgi fazasi hisoblanadi va oksidlanuvchi
moddadan 60-70% energiyani ajratib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |