10
-rasm.
Normal va o‘roqsimon eritrositlar
L. Poling va boshqalar gemoglobin S ning normal gemoglobindan
farq qiluvchi xususiyatlarini ko‘rsatdilar: xususan to‘qimalarga kislorod
bergandan keyin u yomon eriydigan dezoksishaklga aylanadi va taktoid
deb atalgan arqonsimon kristalloid shaklida cho‘kmaga tushadi. Ular
hujayrani deformatsiyalaydi va gemolizni vujudga keltiradi. Kasallik
tez kechadi va mutant gen bo‘yicha gomozigot bolalar ko‘pincha ilk
yosh davrda o‘ladilar.
V. Ingrem tomonidan o‘roqsimon-hujayra anemiyaning kimyoviy
nuqsoni aniqlangan. Bunda HbS gemoglobin molekulasi
β−
zanjiri N-
oxirida 6-o‘rinda joylashgan glutamin valinga almashingan. Bu
gemoglobin
β−
zanjiri sintezini kodlovchi DNK molekulasidagi
mutatsiyaning natijasidir. Boshqa aminokislotalar ketma-ketligi va soni
normal gemoglobin HbA bilan bir xildir (8-jadval).
53
Do'stlaringiz bilan baham: |