MSG esa 22 aminokislotadan tuzilgan peptidlardir.
335
Melanotropinlarning fiziologik vazifasi, melaninogenez pigment
hujayralari (melanotsitlar) sonining ko‘payishini stimullashdan iboratdir.
Buyrak usti bezi gormonlari
Buyrak usti bezlari morfologik va funksional jihatdan individual
bo‘lgan ikkita: mag‘iz va po‘stloq qismlardan iborat. Mag‘iz qismi
xromaffin yoki adrenal tizimga kirib, aminokislota unumi bo‘lgan
gormonlarni ishlab chiqaradi. Po‘stloq qismi epitelial hujayralardan
iborat bo‘lib, steroid tabiatli gormonlarni ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: